*o’rinbosar tovarlarning ko’p yoki kamligi; *iste’mol byudjetida shu tovarning qanday ulushga ega ekanligi. *narx o’zgarishiga ko’nikish uchun zarur vaqt; *kundalik zarur ehtiyoj mollarimi yoki zebu ziynat ekanligi va boshqalar. Shunday qilib, talab elastikligi qat’iy elastik talab bilan qat’iy noelastik talab o’rtasida tebranib turadi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda elastiklikning ana shu to’rt ko’rinishi boshqacha nomlanadi: 1. Haddan yuqori elastik talab. 2. Yuqori elastik talab. 3. Past elastik talab. 4. Noelastik talab. Ko’rinib turibdiki, boshqacharoq ifodalangani bilan ma’nosi bir. Talab elastikligi - Talab elastikligi darajasini aniqlash iqtisodiyotdan real hayotda uchun muhim ahamiyatga ega. Firma (korxona), uy foydalanish xo’jaligi, davlat narxning o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda chora-tadbirlar ko’radi. Masalan, ishlab chiqarishga yangi texnika, texnologiyani joriy qilish natijasida mehnat unumdorligi o’sib, mehnat omiliga talab kamayadi. Aytaylik, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish natijasida 300 ishchi ortiqcha bo’lib qolsin. Avtomatlashtirishni qo’llash natijasida xarajatlar kamayishi natijasida narxni pasaytirish imkoni (tug’iladi) vujudga keladi. Agarda korxona mahsulotiga talab elastik bo’lsa, narxni pasayishi talabni oshiradi. U holda korxonadagi ortiqcha bo’lib qolgan 300 ishchi avvalgiga qaraganda mahsulot hajmini ko’paytirish uchun ishga jalb qilinadi. Agarda mahsulotga talab noelastik bo’lsa, ishchilar ishdan bo’shatiladi va ishsiz qoladi. Demak, ularni ish bilan ta’minlash chorasini ko’rish kerak. Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab noelastik. Agarda qishloq xo’jalik mahsulotlari haddan tashqari hosil yuqori bo’lishi natijasida ko’p etishtirilsa, taklif ko’payib ketib, narx tushib ketadi. Dehqonlarning daromadlari ham pasayib ketadi. Demak, qishloq xo’jaligida u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni cheklash kerak. Turli transport vositalari avtobus, poezd, samolyot kabilarga bilet narxi o’zgarishi talabning elastiklik darajasiga ko’ra daromadni ko’paytirishi yoki uni yo’qotishga olib keladi. Aytaylik, samolyotga biletning qimmatligi sababli passajirlar kam. Agar talab elastik bo’lsa, bilet narxini tushishi evaziga biletlar to’la sotilishi natijasida daromad ko’payadi. Hukumat noelastik tovarlarga aktsiz soliqlarini oshirib daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga talab noelastik bo’lib, aksiz soliqlarini oshirish narxni o’sishiga qaramay talabni deyarli kamaytirmaydi. Agarda talab elastik bo’lsa, aksincha aktsiz soliqlarini o’sishi narxni ortishiga va talabni kamayishiga olib keladi. Natijada taklif qisqaradi. Taklifga muvofiq ravishda davlat byudjetiga tushadigan daromad ham. Ayrim tovarlarga talab ma’lum vaqt mobaynida noelastik, ma’lum vaqt mobaynida elastic bo’lishi mumkin. Sababi shu tovarlarga o’rinbosar tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin. Talab elastikligi darajasiga talabni o’zgarishiga u yoki bu tovarning qanday naf keltirishi, uning me’yoriy nafliligi katta ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodchilar iqtisodiy nazariyaga talab elastikligi kabi taklif elastikligi tushunchasini ham kiritishgan. U tovar miqdorining o’zgarishi raqobatli narxlarning qanday o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Talab elastikligi narxning tebranishiga xaridorning reaktsiyasini ko’rsatsa, taklif elastikligi esa ishlab chiqaruvchining reaktsiya-sini ko’rsatadi. U taklif miqdorining nisbiy o’zgarishi narxning nisbiy o’zgarishiga nisbati sifatida hisoblanadi. Masalan, muzqaymoq 100 so’m bo’lsa, taklifi 25 dona deylik. Uning narxi 150 so’mgacha ko’tarildi, lekin taklif 25 donadan ortmadi. U holda taklif elastikligi 25/25: 150/100 = 1/1,5 = 0,66; E=0,66; Bunday taklif noelastik taklif bo’ladi. Muzqaymoqning narxi ko’tarilib 200 so’m bo’lsa, bozorga endi 50 dona keltirilsa, 50/25: 200/100 = 2/2 = 1; E=1; Taklif yagona elastik.