Mikroiqtisodiyot



Yüklə 32,78 Kb.
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü32,78 Kb.
#153905
  1   2   3   4   5   6   7
Mikroiqtisodiyot


MUSTAQIL
ISH
MAVZU: “MIKROIQTISODIYOT” FANINING DOLZARBLIGI VA
O’QITISH STRUKTURASI

Bajardi:
Ilmiy rahbar:


MIKROIQTISODIYOT” FANINING DOLZARBLIGI VA
O’QITISH STRUKTURASI

Reja:
1. O’qitishning maqsad va vazifalari.


2. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari
3. Talab va taklif tahlili asoslari

Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan jamiyatda bozor


iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan
korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitdagi harakatini,
cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo’llarini va shu asosda samarali faoliyat yuritishlarini tadqiqi qilish fanninig dolzarbligini belgilaydi.

Demak, yuqorida ta‘kidlangan masalalarni hal etishda hamda iqtisodiyotda tarkibiy


islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning
ko’lamini kengaytirish bilan bog‗liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini
o’rganishda ―Mikroiqtisodiyot‖ fanining ahamiyati beqiyosdir. Bu fan iqtisodiyot
fanining tarkibiy qismi bo’lib, u firmalar, uy xo’jaliklari va bozor iqtisodiyotining
quyi qismida harakat qilayotgan barcha iqtisodiy sub‘ektlarning faoliyatini keng
miqyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, asosli qarorlar qabul qilish
imkonini yaratadi.

―Mikroiqtisodiyot‖ ayrim firmalar va iste‘molchilar faoliyatini o’rgangan


holda, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko‗rsatishini, bularning
faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va xukumat siyosati qay
yo’sinda ta‘sir etishini ochib beradi. Bozor iqtisodiyoti sub‘ektlari faoliyatini tahlil
etishda ularning faoliyatiga bevosita ta‘sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va
iste‘molchilarning bozordagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish omillari va
ulardan oqilona foydalanish yo’llari, umumiy muvozanat masalalarini o’rganishni
istayotgan talabalar uchun ushbu fan juda ko‗l keladi. Biz bu qo’llanmani
mikroiqtisodiyotning tobora yetakchi o’rin egallab borayotgan sohalariga talabalarda qiziqish uyg’otishga ishongan holda yozdik.

Mikroiqtisodiyot rivojlanib boruvchi va o’rganishga arzigulik fan ekanligini


talabalarga ko’rsata bilish zarur, zero talabalar mikroiqtisodiyot xulosalarini
o’zlashtirib, ularni hayotga tadbiq etishni bilishlari lozim.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ―Tarmoqlar iqtisodi‖ kafedrasi


professor-o’qituvchilari bu o’quv kursining nazariy va amaliy ahamiyatidan kelib
chiqqan holda uning dasturini ishlab chiqdilar, ilmiy maqolalar va ilmiy ommabop
asarlarni e‘lon qildilar. Shuning bilan bir qatorda, to’plangan tajribalarni
umumlashtirib borish asosida dasturni mamlakatimiz taraqqiyoti va o’quv ishlarni
rivojlantirib borish zaruriyatidan kelib chiqqan holda kuchaytirib borish, uni
takomillashtirishga ehtiyoj ham ortib bormoqda.
―Ta‘lim to’grisida‖ va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ qonunlarini ta‘lim
tizimlariga tola joriy etishni ta‘minlash, zamon talablariga javob beradigan yuqori
malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ―Mikroiqtisodiyot‖ fanining ham
fundamental fan sifatida o’rni benazirdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganidek,
―Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi
ahvol amalga oshirilayotgan islohorlarimizning samaradorligi avvalo xalq
ma‘naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi,
an‘analarimizning saqlanishi, madaniyat va san‘at, fan va ta‘lim rivoji bilan uzviy
bog‗liqdir‖.



Yüklə 32,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin