Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi. Ne’matlar cheklangan va cheklanmagan bo’lishi mumkin. Cheklangan ne’matlarga tovarlar, xizmatlar va resurslar kiradi (avtomobil, kiyim-kechak, non, paxta tolasi va boshqalar). Cheklangan ne’matlar iqtisodiy ne’matlarni tashkil qiladi. Cheklanmagan ne’matlarga misol tariqasida havo va suv kirishi mumkin.
Ne’matlar noyobligi deganda - iqtisodiy sub’yektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan haridorlarning talablarini yetarli darajada qondira olmasligi tushuniladi.