O'rtacha harajatlarni topsak AVC=(0.5Q3-15Q2+300Q)/Q=0.5Q2-15Q+300
AVC ni minimumini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz:
Q-15=0 bundan Q=15:
Min AVC=AVC(15)=0.5×225 -225 +300 = 187.5
Javob: Narx P<187.5 bo'lganda firma yopiladi.
2. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy harajatlari funksiyasi TC=0.2Q2+4Q+80 ko'rinishida berilgan, bu yerda Q – ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Firma mahsulotining bozor narxi 12 $ ga teng bo'lganda firmaning maksimal foydasi aniqlansin.
Yechimi:
Chekli harajatlar funksiyasini aniqlash uchun umumiy harajatlar funksiyasidan birinchi tartibli hosila olamiz TC'=MC=0.4Q+4. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firma maksimal foydaga P=MC da erishadi, bizda bozor narxi 12$ ga teng. 12=0.4Q+4 bundan Q=20 ni topamiz.
Firma foydasi π=TR-TC=12×20-(0.2×202+4×20+80)=240-240=0