resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari 1
3.Korxonada resurs tejamkorligini va faoliyat samaradorligini oshirish yo’llari.
Iqtisodiyot rivojida undagi har bir tashkilotlarning samarali faoliyati muhim o’rin tutadi. SHu jumladan, sanoat korxonalarining rivojlanishi hamda ulardagi samaradorlikni ortib borishi mamlakat iqtisodiyoti rivojida hal qiluvchi rolь o’ynaydi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligi ushbu korxonalarning istiqbolidagi rivojlanishi xolatini ifodalaydi. Sanoat korxonasining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nafaqat bozor iqtisodiyoti sharoitida, balki har qanday davrda ham rivojlanishning asosiy sharoiti hisoblanadi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada qat’iyroq sharoit yuzaga keladi. Samaradorlikni muntazam ravishda orttirib bormagan korxona av tashkilotlarning yashab ketishi murakkablashadi. Samaradorlik har qanday korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi.
Korxonalar samaradorligini oshirish deganda shunday rivojlanish yo’nalishiga aytiladiki, unda harajatlarning ortish sur’atiga qaraganda, ishlab chiqarish natijalari yuqori sur’atlar bilan rivojlanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ikki xil yo’l tutish mumkin:
Intensiv
Ekstensiv
Korxonada samaradorlikni oshirishda bu ikkala yo’ldan foydalaniladi. Ekstensiv yo’l ko’p harajat va vaqt talab etadi. Bizda ham ikkala yo’ldan foydalanish muvaffaqiyatga olib boradi degan dunyoqarash mavjud. Afsuski, ular ichida ham eng muhimi mavjuddir. Bu samaradorlikni oshirishning intensiv yo’lidir.
Bir xil miqdordagi mehnat qurollarini shunday foydalanish lozimki, ulardan foydalanish natijasida ularning har biri eng yuqori darajada ishlasin va har bir birligi ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga hissa qo’shsin. Biz tomonimizdan ishlab chiqarilgan samaradorlikni oshirish yo’llari asosan intensiv yo’l orqali amalga oshirilishiga harakat qildik. Ishlab chiqarish samaradorligini orttirishning yo’llari va yo’nalishlarini belgilashda shu samaradorlikni ortishiga olib boruvchi omillar hisobga olinadi. Ushbu omillar ichida ham intensivlashtiruvchi va ekstensivlashtiruvchilari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishni intensiv rivojlanishga olib boruvchi omillar guruxiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish
Mahsulot sifati
Mehnat qurollari
Mehnat buyumlari
Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ishlab chiqarishni tashkil etish
Korxonaning xo’jalik aloqalari
Marketing faoliyati
Bozordagi o’rni va bozor hissasi
Raqobat darajasi
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yo’llari va yo’nalishlarini ishlab chiqishda ushbu omillardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish. To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar material sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlardir. SHu sababli korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tarkibida material sig’imi pastroq bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo’yish orqali material harajatlarini kamaytirishga erishishimiz mumkin. Bunda, albatta bozor talablarini esdan chiqarmaslikka harakat qilinadi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirishga olib boradigan tadbirlar tizimini ishlab chiqish. Mahsulot sifati va raqobatbardoshliligi darajasining ortishi sanoat korxonasidagi samaradorlikning ortishida asosiy omil hisoblanadi. CHunki, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot o’z sifati va narxi bo’yicha talabga javob berishi lozim. Aks xolda, bozorda sotilmasdan o’z haridorini kutib turishi natijasida, korxonaning zarur mablag’lari mahsulot shaklida turib qoladi, aylanma rusurslarning aylanish davri uzayib ketadi, yildagi aylanishlar soni kamayadi. Bularning bari korxona foyda va samaradorligini pasayishiga olib borishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi mehnat qurollari, buyumlari va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish. Yangi, samarali, yuqori unumli mashinalar, dastgohlar, asbob-uskunalar va yangi texnologik jarayonlar yaratish. Yangi texnika, dastgohlar, moslamalar va texnologik jarayonlarda yuqori sifatli Raqobatga bardosh beradigan, kam harajatlar bilan tayyorlash mumkin bo’ladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan mehnat buyumlari, qurollari va mehnatning mos xoldagi harakatini yo’lga qo’yish, ularning har biridan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish va sifatli mahsulot yaratish yo’lida tinimsiz harakat qilish lozim. Xom ashyo va boshqa materiallarni o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash, barcha turdagi ta’mirlarni o’z vaqtida va me’yorlarga amal qilgan xolda o’tkazish, dastgoxlarning ish vaqtidan samarali foydalanish orqali samaradorlikning ortishiga erishamiz.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuv darajasini oshirish. Ma’lum turdagi haridorlar mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv sanoat korxonalaridagi mehnat unumdorligini ortishiga olib boradi, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini muttasil ravishda yaxshilanib borishini ta’minlaydi. SHu bilan birgalikda, korxona ichida har bir bo’lim va har bir ish joyida ixtisoslashuv darajasini oshirish va bajarayotgan ishi uchun ma’suliyatni o’z ustiga olish ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omillardan hisoblanadi.