Molekulalarni modellashtirish bo’yicha ma`lumotlar bazalari (NCBI). NCBIning asosiy maqsadi sog‘lom va kasal organizmda o‘tadigan molekulyar va genetik jarayonlarni keng tushunish uchun yangi informatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishdan iborat. Maxsus maqsadlariga: biologik ma‘lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish, ma‘lumotlarni mashinali qayta ishlash yuqori texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga bazalar ma‘lumotiga va dasturiy ta‘minotga kirishini osonlashtirish, butun jahon bo‘yicha biotexnologik ma‘lumotlarni yig‘ish ishlarini olib borishdan iborat. Shuning uchun NCBI Genbank https://www.ncbi.nlm.nih.gov/genbank/)tarmog‘iga xizmat ko‘rsatadi. GenBank - bu nuklein kislotalar genetik ketma-ketligining ma‘lumotlar bazasi, asosan NCBI tomonidan boshqariladi, barcha ommaga ma‘lum bo‘lgan DNK ketma- ketliklarining sharhlangan to‘plamidir (Nuklein kislotalar tadqiqotlari, 2013 yil yanvar; 41 (D1): D3642). GenBank .Yaponiyaning DNK ma‘lumotbazasi (DDBJ), Yevropadagi nukleotidlar arxivi ENA) va NCBI-da GenBankni o‘z ichiga olgan Xalqaro nukleotidlar ketmaketligi ma‘lumotlar bazasi bilan hamkorlikning bir qismidir.NCBI-―Biotexnologik Ma‘lumotlar Milliy Markazi‖ National Center Biotechnology Information, 1988 yilda AQSH da tashkil etilgan, Milliy tibbiyot kutubxonasining filiali sifatida- National Library of Medicine asosida yuzaga kelgan
PSR (Polimeraza zanjir reaksiyasi) bazalari. Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) bu DNK maʼlum qismining koʻplab marotaba (million yoki milliard) nusxasini olish uchun qoʻllanadigan, keng tarqalgan laborator usul hisoblanadi. Bu DNK qismi tajriba oʻtkazuvchini qiziqtirgan har qanday soha boʻlishi mumkin. Misol uchun, bu tadqiqotchi funksiyasini aniqlashni maqsad qilgan gen yoki sud-tibbiy ekspertizasida jinoyatni ochish uchun qoʻllanadigan genetik ashyoviy dalil boʻlishi ham mumkin.Odatda PZRning maqsadi DNKning kerakli qismini tahlil qilish yoki boshqa maqsadlar uchun yetarli darajada hosil qilishdir. Misol uchun, PZR orqali koʻpaytirilgan DNK keyingi tajribalar, masalan, ketma-ketlikni aniqlash, gel elektroforez yoki klonlash uchun yuborilishi mumkin.PZR biologiya va tibbiyotning koʻplab sohalari, xususan, molekulyar biologiya, tibbiy tashxislash va hatto ekologiyaning ayrim sohalarida ham qoʻllanadi.PZR dasturi
PZR orqali DNK ketma-ketligi million yoki milliard marotaba koʻpaytirilishi mumkin, hosil boʻlgan nusxalar boshqa usullar yordamida tekshiriladi. Misol uchun, DNK gel elektroforez usuli yordamida vizual tahlil qilinishi, ketma-ketlikni aniqlash uchun yuborilishi yoki restriktaza fermentlari yordamida parchalanishi va plazmidga klonlanishi mumkin.
PZR koʻplab tadqiqot laboratoriyalari va sud-tibbiy ekspertizasi, genetik tadqiqot va tashxislash kabi amaliy ishlarda qoʻllanadi. Misol uchun, PZR genetik buzilishlar bilan bogʻliq genlarni (yoki prenatal testda homila DNKsini) koʻpaytirish uchun ishlatiladi. PZR tekshiruvidan inson organizmidagi bakteriya yoki virus DNKsini aniqlashda ham foydalaniladi: agar patogen mavjud boʻlsa, qon yoki toʻqima namunasidan DNK qismlarini koʻpaytirish imkoni mavjud.