Mikroqarz shartnomasi


-§. Tomonlarning javobgarligi



Yüklə 234,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.07.2022
ölçüsü234,31 Kb.
#62906
1   2   3   4
Mikrokarz latin

4-§. Tomonlarning javobgarligi
 
10. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganda O„zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq javob beradi va jarimaga tortiladi.
 
5-§. Nizolarni hal qilish
 
11. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizolarni, tomonlarning o„zaro 
roziligiga ko„ra, nizoni hal qilishning suddan tashqari usullarini qo„llash, shu jumladan muzokara 
o„tkazish orqali hal qilish majburiyatini oladi.
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-
qarori bilan tasdiqlangan va 554-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi 
band)
12. Nizoni muzokara yo„li bilan hal etishning imkoni bo„lmasa, ushbu Shartnoma 7-
bandining “e” kichik bandida qayd etilgan talabnomada belgilangan muddatda – o„ttiz kun ichida 
Qarzdor/mijoz unda ko„rsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, Bank tegishli talab 
bilan fuqarolik sudiga murojaat qilishga haqli hisoblanadi.
(Bank kengashining 2020 yil 24 
fevraldagi 15-qarori bilan tasdiqlangan va 554-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ 
hujjat tahriridagi band)
 
6-§. Shartnomaning boshqa shartlari
 
13. Ushbu Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
13-1. Bank qarzdor/mijoz uchun ushbu shartnoma bo„yicha asosiy qarzni qaytarishning va 
hisoblangan foizni to„lashning masofadan turib amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
(Bank 
kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan ro„yxatga 
olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan band)
14. Qarzdor/mijoz vafot etganda uning huquq va majburiyatlari O„zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. 
15. Mazkur Shartnoma u imzolangan kundan boshlab to Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu 
Shartnoma majburiyatlari to„liq bajarilgunga qadar amal qiladi. 
16. Mazkur Shartnomaning bekor qilinishi tomonlarni u bekor qilingunga qadar bildirilgan 
o„zaro da‟volarni (talablarni) qondirish majburiyatidan ozod qilmaydi. 
17. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan har qanday o„zgartirish va qo„shimchalar ular yozma 
ravishda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanganda qonuniy kuchga ega 
bo„ladi.
18. Mazkur Shartnomada ko„zda tutilmagan holat yuzasidan O„zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari qo„llaniladi. 

Yüklə 234,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin