Mikrotexnika


Xujayra qismlarini fraksiyalarga bo‘lib o‘rganish



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü26,81 Kb.
#168065
1   2
MIKROTEXNIKA

Xujayra qismlarini fraksiyalarga bo‘lib o‘rganish
Xujayra qismlarini fraksiyalarga (qism, bo’lim) bo‘lib o‘rganish ultratsentrafuga, xromotografiya, elektroforez usullari yordamida olib boriladi. Bu usullar asosan biokimyo darsliklarida kengroq yoritilgan.
Ultratsentrafugalash. Bu usulda xujayraning turli qismlari (membranali qismlar - plazmolemma, endoplazmatik to‘r, yadro, organellalar va x.k.) maxsus ultratsentrafuga apparati yordamida ajratib olinadi. Ularni elektronmikroskop ostida ko‘rish mumkin yoki ular bilan biokimeviy analizlar qilinadi (oqsillar, maxsus fermentlar, fosfolipidlar, yog‘lar va x.k.). Xujayra qismlarini ajratishda ultratsentrafuganing aylanish tezligi muhim rol o’ynaydi (80000-150000 marta minutiga aylanadi). Bunda xujayra qismlari aylanish tezligiga ko‘ra probirkaga chiziqlar shaklida cho‘kadi. Avval eng yirik tuzilmalar - yadro, sitosklet cho‘kadi, aylanish tezligi ko’paytirilishi bilan mitoxondriyalar, peroksisomalar va oxirida mayda oqsillar cho‘ka boshlaydi. Bu usul oqsil sintezini o‘rganishda, genetik izlanishlarda juda qo‘l keladi.
Xromotografiya – ko‘proq oqsil fraksiyalarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Elektroforez usulida suvli muhitda yoki quruq teshikli matriksda elektr maydonni hosil qilinadi va har xil zaryadli oqsil molekulalarini ajratib olish mumkin bo‘ladi.
YaMR- yadromagnit rezonans, mikrorxirurgiya usullari bilan tirik xujayralardagi moddalar tarqalishi va metobolitik jarayonlarni o‘rgansa ham bo‘ladi. Bu usulda mayda molekulali moddalar keng o‘rganiladi. Bu asosiy molekulalardagi atomlarning turli rezonansdagi energiyani yutish qobilyatiga asoslangan. Mikroxirurgiya usulida esa maxsus mikromanipulyator yordamida yadroni ajratish, yadro qobig‘ini yirtib, xromasomalarni ajratib olish mumkin. Tirik xujayrali to‘qimalarni o‘stirish yo’li ham o‘rganiladi. To‘qima va xujayralarni organizmdan tashqari o‘stirish, ularni o‘rganish va ulardan turli biologik moddalar (dori sifatida ishlatish uchun) olish uchun qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, a'zolar va to‘qimalarni hayvonni hayotiy davrida bo‘yab o‘rganish usuli ham qo‘llaniladi. Lyuminitsent mikroskop yordamida a'zolarda mikrotsirkulyasiyani o‘rganish keng yo’lga qo’yilgan.
Miqdoriy usullar
So‘nggi yillarda sifat usullari bilan birga miqdoriy morfometriya, gistokimyoviy usullar gistologiyada ham keng qo’llanilmoqda. Bu usul orqali biokimyoviy usullardan farqli o‘laroq, oldindan aniqlangan xujayra yoki to’qimada biokimyoviy komponentlarning miqdori yoki borligini aniqlash mumkin. Miqdoriy usullarning xillari ham ko‘p (sitospektrofotometriya, sitospektroflyurometriya, sitofotometriya va x.k).



Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin