Yahudiylik — asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya — Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.

Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I—VIII asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan