11.5. Milliy g‘oyaning rivojlanib, yangilanib borishi – umumiy qonuniyat ekanligi Har qanday jamiyat o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, o‘zining oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yib faoliyat olib boradi. Bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida, muayyan qonuniyatga asoslangan holda amalga oshadi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bo‘lgan turli mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g‘oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o‘zmanfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g‘oyaga ehtiyoj sezadi. G‘oya muayyan xalqning maqsad-muddaolari, manfaatlari zamirida shakllanib, takomillashib boradi. Milliy g‘oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o‘zida mujassamlashtiradi. U o‘zining hayotbaxsh g‘oyalari, buyuk maqsadlari bilan o‘zkuch g‘ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, buyuk g‘oyalar yo‘lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzuintilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmish tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bolishi bilan belgilanadi. Milliy g‘oya va mafkura jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantiradi. Milliy g‘oya ezgu orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Milliy g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi, hamda turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadi.
Milliy g‘oya fanining g‘oya va mafkuralarga oid hodisa, voqea, jarayonlarni o‘zida aks ettiruvchi, ularning tub mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi qonuniyatlari va kategoriyalari mavjud bo‘lib, milliy g‘oyaning qonuniyatlari jamiyat hayotida mavjud bo‘lgan g‘oyaviy va mafkuraviy hodisalar, jarayonlarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbatan barqaror bo‘lgan, rivojlanish xususiyati va yo‘nalishlarini belgilaydigan, aniq bir natijalarni keltirib chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan munosabatlar majmuini o‘zida ifodalaydi. Milliy g‘oya va mafkura mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarning g‘oya va mafkurasi bo‘lib, u har bir O‘zbekistonfuqarosining jamiyat, el, yurt oldidagi o‘zburch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganligini belgilaydigan ma’naviy mezon bo‘lib hisoblanadi. Fuqaro g‘oya va mafkurasining kuchi ularda yashash manfaatining nechog‘lik kuchliligidan kelib chiqib, shuning uchun ham u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari bilan chambarchas bog‘lanadi va ular bilan uyg‘unlik kasb etadi. Milliy g‘oyada jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlar o‘zifodasini topib, inson manfaatlariga qaratilgan mehnat rag‘batlantiriladi, mamlakat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlari bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik e’tirof etiladi. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘zimkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlik, xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish milliy g‘oyani shakllantirish va rivojlantirish hamda g‘oyaviy tarbiyadagi muhim jihatlardir. Milliy g‘oya va milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama komil insonni tarbiyalashdan iborat bo‘lib, komil inson bu – ozod shaxs, erkin fikr yurituvchi, o‘zxalqining ideallari uchun kurashuvchi insondir.
Milliy g‘oya va milliy mafkuraning shakllanishida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraning tiklanishi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining shakllanishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, insonning o‘z-o‘zini anglashi – bu o‘zVatani va shu Vatanda yashagan xalqning, millatning o‘tmishi, uning madaniyati, urf-odati, hamda qadriyatlarini bilishi demakdir. O‘z-o‘zini anglash bu – o‘tgan ajdodlar tarixini mukammal bilish, Vatan hududidagi boy madaniy va moddiy merosni aniqlab, porloq kelajak uchun xizmat qilishga intilish, avlodlar farovonligi uchun o‘zhissasini qo‘shish hamdir. Milliy g‘oyaning hayotga tatbiq etilishi va demokratik tamoyillarning amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o‘zaromunosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li respublikani rivojlantirishning milliy g‘oyaga asoslangan o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi. Bu xususiyat va shart-sharoitlar quyidagilardan iboratdir:
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, millatidan qat’inazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdard bo‘lish va o‘zaroyordam tuyg‘usi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. Vatanga mehr-muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’naviy meros va ma’rifatparlik g‘oyalariga nisbatan hurmat ehtirom – O‘zbekistonaholisiga xos fazilatlardir. Respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat – g‘oyat muhim xususiyatlardan biridir. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari yuksak sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Respublikaning yana bir xususiyati – milliy tarkibining o‘ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallab, shu bilan bir vaqtda respublika hududida o‘zmadaniyati va an’anasiga ega bo‘lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat turli-tumanligi milliy o‘zligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo‘lib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Milliy g‘oya va milliy mafkuraning taraqqiy etishi muayyan qonuniyat asosida amalga oshirilib, yagona maqsadga – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Milliy g‘oya va mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo‘lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik xissini tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi.