Birinchidan, tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini anglash tuyg’usi shakllanadi.
Ikkinchidan, tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot mazmuni chuqurroq tushuniladi va kelajak falsafasi dunyoga keladi. Bu har bir insonning o’ziga xos tafakkur tarzini shakllantirish orqali shaxs sifatidagi fenomenini vujudga keltirishga, fe’l-atvorining shakllanishga xizmat qiladi.
Uchinchidan, tarixni o’rganish orqali mustamlakachilik ta’sirida va kommunistik zo’ravonlik mafkurasi natijasida o’zligini yo’qotgan, o’z qadru qimmatini butkul unutgan fuqaroni uyg’onishga, o’zligini anglashga, o’z haq-huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishga da’vat etadi.
To’rtinchidan, ajdodlari buyuk bo’lgan, jahon tsivilizatsiyasi va insoniyat taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan madaniyatga daxldor fuqaroning qalbida o’tmishini o’rganishi orqali milliy g’ururining uyg’onishi mamlakat mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan bir paytda katta ma’naviy qudrat va ulkan iroda kuchi bo’lib xizmat qiladi. Ayni paytda o’z o’tmishining nakadar buyukligini anglagan fuqaro ajdodlari ruhi oldida qarzdor, kelgusi avlod oldida g’oyat mas’uliyatli ekanligini yana bir bor chuqurroq tushunadi. Ana shu anglash jarayoni insonning o’zini-o’zi yangilashiga, o’zini o’zi ma’naviy tozalashiga, o’zini o’zi isloh qilishiga olib keladi.
Beshinchidan, har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan yangilash orqali jamiyatni yangilash, turmush tarzini yangilash kabi g’oyatda chuqur, keng miqyosli islohot amalga oshiriladi. Bu bugungi islohotlar davrida amalga oshirilayotgan ko’p qirrali o’zgartirishlarning asosiy omili sifatida qadriyatga aylanadi. Zotan, siyosiy, iqgisodiy, huquqiy islohotlar bevosita inson ongi, tafakkuri va qalbi orqali o’tkazilgan taqdirdagina uning qadri oshadi, samarasi ko’payadi.
Tarix haqiqati bu konkret voqealar, aniq hodisalar va munosabatlar majmuidir. Aksincha, agar u mavhum hodisalar yig’indisiga aylansa, afsonaga aylanadi. O’zining ta’sir kuchini, mavqeini yo’qotadi. Bunday bo’lishi mumkin ham emas. Tarix haqiqati bevosita konkret davr kishilari tafakkuri va konkret hayot mantig’idir. Demak, uni ma’lum bir davrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqealar, hodisalar hamda bo’larni keltirib chiqargan bosh omil o’sha davr kishilari maqsad-intilishlari, manfaatlari va dunyoqarashlarini o’rganish orqali anglash va tushunish mumkin. Aksincha bo’lishi mumkin emas.
Tarixda mavhum hodisalar va tushunchalar bo’lmaydi. Tarix mantiqan ham, tabiatan ham konkretlik orqali idrok etiladi va u anik voqelik orqali o’z mazmunini, falsafasini, boshqacha qilib aytganda, hukmini ko’rsatadi. Ana shu jihatdan ham nimaiki mavhum bo’lsa yoki mavhumlik orqali voqea hodisalarga yondashsak, u tarix hakikatiga ziddir. Demak, biz konkret voqealar, konkret hodisalar orqali ularning kelib chiqish sharoiti, sabablari va mohiyati xususida fikr yuritishimiz mumkin. Ana shunday yondashuv orqaligina biz konkret voqelik zamirida yotgan tafakkur, falsafa, manfaat va munosabatni to’g’ri anglab olamiz.
Ayni tarix falsafasigina inson va voqelik, insoniyat va taraqqiyot to’g’risidagi xulosalarimizni ifodalab bera oladi. Ayni tarix falsafasi ruhshunoslik, ilohiyot, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va boщqa bilimlardan farqli xolda hodisalarga konkret yondoshadi, voqealarni konkret baholaydi. Ana shu konkretlik — aniqlik asosida fikr yuritadi. Inson taqdiri va umuman voqelik bevosita aniq dalil orqali tahlil etiladi.
Tarixga to’g’ri yondoshish, uni to’g’ri tushunib, to’g’ri tadqiq etish uchun biz o’zimizni tarixiy taqdirga qo’shib yuborishimiz, uning ichida yashashimiz kerak. Ana shunda uning tirikligiga, yaxlitligiga tushunamiz, butun ko’lami va miqyosi bilan qamrab olamiz, mohiyatini anglab yetamiz. Tafakkur mezoniga, falsafa omiliga aylantira olamiz. Tarixiy taqdir bilan taqdirdoshlik, tarixiy taqdir jarayonini ongimiz, qalbimiz va tafakkurimiz orqali o’tkazib, vorislik hissini tuyganimiz sayin konkret shaxs taqdiri, zamon va makon qiyofasi ko’zga yorqinroq tashlanadi. Inson, zamon va makonning yaxlit qiyofasi to’laligicha butun salmog’i bilan gavdalanadi. Inson ma’naviyati, uning shaklu shamoyili orzali qaysidir darajadagi tarixiy voqelik va taqdirga daxldorlik aniklanadn. Tarixni o’rganishda muarrixlarimiz sanalar va voqealarni tahlil etish bilan birga, ularning ortida turgan taqdirlar, ke- chinmalar, ruhiyatlar, manfaatlar va hokazolar girdobida ham yashamog’i kerak. Ana shunda tarix haqidagi fikrimiz, xulosamiz asosli, so’zimiz ta’sirchan, g’oyalarimiz yashovchan bo’ladi!
Tarixga munosabatda, uni o’rganayotganda butun tarixiy jarayon mening hayotim, butun kishilik o’tmishi mening o’tmishim, degan fikr bilan yashash lozim. Tarixiy taqdir, butun kishilik o’tmishi mening taqdirimga, mening hayotimga, mening o’tmishimga, kechinmalarim va orzu-umidlarimga aylanishi kerak. O’sha boqiy jarayonning, buyuk va sarqadsiz shajaraning davomchisi sifatida butun tarix mening qonimda, jonimda, ruhimda va hujayralarimda yashayotgalini anglashim, his qilishim lozim. Ana shunda men 2000 yo 3000 yil oldin yashagan odamlar hayotini o’rganyapman, bu menga begona davr, tarix xolos, degan xulosaga kelinmaydi. Aksincha, u olis ajdodlar o’tmishi insoniyat hayotining, uning taraqqiyot yo’lining majmui, muqaddas va mutabar xotirasi ekanligini anglaydi.
1 Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови.-Тошкент: Ўзбекистон, 2017.-14 бет.