Milliy hisoblar tizimining asosiy agregatlari va o‘zaro bog‘liqligi Reja



Yüklə 150 Kb.
səhifə9/17
tarix21.12.2022
ölçüsü150 Kb.
#76969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
MILLIY HISOBLAR TIZIMINING ASOSIY AGREGATLARI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

aksiz yi\imlari;
mutaxassislik xizmatlariga soliq;
import monopoliyasidagi foydaga soliq.
Eksportga soliq tovarlar iqtisodiy hududdan chiqarilganda yoki xizmatlar norezidentlarga ko‘rsatilganda undiriladigan soliqdir.
Iqtisodiyotning yalpi foydasi (aralash daromad) – daromad yaratish hisoblamasining muvozanatlashtiruvchi moddasi hisoblanadi. Uning hajmi YAIM dan yollanma ishchilarning ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va importga sof soliqlar summalarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
YAF q YAIM – IX – (SOLI/CH. + SOLIMP) – (SUBI/CH + SUBIMP)

Milliy hisoblamachilik bo‘yicha xalqaro statistik tashkilotlar tomonidan qabul qilingan takliflarga ko‘ra, foydani yalpi va sof shaklda ko‘rsatish tavsiya qilinadi. Bunda shunga mos ravishda asosiy fondlarning iste’moli hisoblamaga olinib va hisoblamaga olinmay ko‘rsatiladi.


YAIM dan yollanma ishchilarning ish haqi va sof soliqlar chiqarib tashlansa, yalpi foyda hosil bo‘ladi. Yalpi foydadan asosiy fondlarning amortizatsiyasi ayirib tashlansa sof foyda hosil bo‘ladi.
Milliy hisoblamachilikda tadbirkorlik foydasi bulardan tashqari aralash daromadni ham o‘z ichiga oladi.
Aralash daromad – foyda va ish haqi unsurlarini ifodalovchi daromadlarning turli xil ko‘rinishidir. Uning tarkibiga xususiy tadbirkorlik (yollanma ishchilarning mehnatisiz) faoliyatidan keladigan daromad, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi, mustaqil kasb faoliyatidan keladigan daromad, mualliflik qalam haqi (gonorar) va boshqalar kiradi.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi
Bu shunday jarayonki – bunda ishlab chiqarishda qatnashuvchilarning birlamchi daromadlari daromad yaratish hisoblamasida o‘z aksini topmaydi.
Uning maqsadi – mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratiladigan birlamchi daromadlarni, shuningdek, ularni ishlab chiqarish jarayonida qatnashish natijasida institutsion birliklar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettirishdan iborat.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin