Ishlab chiqarish bilan bo\liq bo‘lgan boshqa subsidiyalar.
Importga subsidiya.
7. Жами (4+5+6)
Жами (1+2)
Ushbu hisoblamadagi ma’lumotlar sektorlar va tarmoqlar o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash darajasini solishtirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotda bandlar sonini bilgan holda biz alohida sektor va tarmoqlardagi ijtimoiy mehnat samaradorligini hisoblashimiz va bir kishiga to‘\ri keladigan ishlab chiqarish miqdori va daromadlarni solishtirishimiz mumkin. Ushbu hisoblamadagi ko‘rsatkichlarning hisoblanish uslubiyatini batafsil ko‘rib o‘tamiz.
Resurs ko‘rsatkichlari. Resurs qismining asosiy ko‘rsatkichi – bozor narxidagi YAIM (iqtisodiyot miqiyosida) yoki yalpi qo‘shilgan qiymat (YA++) (alohida sektor miqiyosida). Ushbu ko‘rsatkich ishlab chiqarish hisoblamasining foydalanish qismidan o‘tkaziladi. YAIM ishlab chiqarish va importga subsidiyalar bilan bir qatorda daromad hosil bo‘lishining manbai ham hisoblanadi.
Subsidiyalar – bu, davlat tomonidan xo‘jalik birliklari – rezidentlarga to‘lanadigan joriy transfertlar bo‘lib, ular be\araz maqsadda mahsulot va bozor xizmatlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchilarga beriladi. Ular ham ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning unsurlari bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va importyorlarning narxlari va daromadlariga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Subsidiya uz iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish soliqlariga teskari, muqobil tushunchadir, chunki ular foydaga soliqlardan farqli o‘laroq ta’sir qiladi. Ushbu hisoblamada subsidiyalar kapital transfertlardan farq qiladi.
Kapital transfertlar ishlab chiqaruvchilarga kapital xarajatlarni qoplash, ya’ni jam\arish, asosiy fondlarni tiklash kabi xarajatlarni qoplash uchun beriladi.
Subsidiyalarni davlat tomonidan uy-xo‘jaliklariga beriladigan yordam pullaridan farqlash kerak.
Ishlab chiqarishga subsidiya o‘z ichiga mahsulotga subsidiya va boshqa ishlab chiqarishga boshqa subsidiyalarni oladi.
Mahsulotga subsidiya – bu, ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlarning har bir birligiga to‘lanadigan subsidiyalar, ular har bir miqdor birligi uchun ma’lum summa yoki narxning ma’lum bir foizi me’yorida bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishga boshqa subsidiyalar - bu korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan foydanalish jarayonida davlat boshqaruv organlaridan olinadigan subsidiyalardir. Ularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchilarga alohida mehnat sharoitlaridan foydalanganligi uchun (nogiron va ishsizlarni ishlatish) to‘lanadigan subsidiyalar;
ishlab chiqarishning boshqa omillaridan foydalanganligi uchun to‘lanadigan subsidiyalar. Masalan, xomashyo va energiyaning alohida turlaridan foydalanganlik uchun;
atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirishga moyil bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyatiga to‘lanadigan subsidiyalar.
Importga subsidiyalar- tovar va xizmatlarni norezidentlardan sotib olib, arzonroq bahoda rezidentlarga sotishni amalga oshiradigan savdo tashkilotlariga budjet tomonidan to‘lanadigan subsidiyalardir.
Eksportga subsidiya – tovar va xizmatlarni rezidentlardan sotib olib, norezidentlarga arzonroq bahoda sotish bilan shu\ullanadigan savdo tashkilotlariga davlat budjeti tomonidan to‘lanadigan subsidiyalardir.
Daromad hosil bo‘lish hisoblamasining foydalanish ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Daromad hosil bo‘lish hisoblamasida ish haqi – iqtisodiy hududda barcha rezidentlar va norezidentlarning ish haqini o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy su\urtaga shartli hisoblangan ajratmalar.
Yalpi ish haqi – daromad soli\i va barcha ajratmalargacha bo‘lgan ish haqini ifodalaydi. Mulkchilik shaklidan qat’inazar barcha xo‘jalik birliklari uchun ular quyidagi unsurlardan tashkil topadi: