MILLIY HISOBLAR TIZIMINING ASOSIY AGREGATLARI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishlovchilarining oila a’zolariga bepul ko‘rsatiladigan, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo‘lgan xizmatlar (korxonalar qoshidagi kasalxonalar, stadion, klub, dam olish uylari).
Uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’moliga quyidagilar kirmaydi:
Uy-joy va kvartiralar sotib olish (bu asosiy fondlarning yalpi jam\armasiga kiritiladi);
Ishlab chiqarish maqsadida tovarlar sotib olish va boshqa xarajatlar (bu oraliq iste’molga kiradi);
ba’zi bir tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pullar.
Davlat muassasalari va uy-xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlarning uy xo‘jaliklariga bergan texnologik xizmat jarayonlari bilan bo\liq bo‘lmagan, qayta ishlanmagan mahsulotlar qiymati (ular uy xo‘jaliklarining natural shakldagi yakuniy iste’moliga kiradi);
Korxona va tashkilotlar xodimlariga yoki ularning oila a’zolariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-madaniy xizmatlar (ular uy xo‘jaliklarining yakuniy iste’moliga kiradi).
Bepul ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati korxona va tashkilotlarning joriy xarajatlar summasiga muvofiq aniqlanadi.
Davlat muassasalarining joriy xarajatlariga uzoq muddatga foydalaniladigan harbiy texnika va asbob-uskunalar (bunga harbiy xizmatchilar uchun oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar kiritilmaydi), shuningdek harbiy obyektlarni qurish qiymati, davlat zaxiralari uchun mahsulot sotib olish ham kiradi.
Yalpi milliy jam\arma – daromadlardan foydalanish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi. U yalpi milliy ixtiyoridagi daromad bilan yakuniy milliy iste’mol o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib hosil bo‘ladi.