Kapital xarajatlar hisoblamasining resurs qismidagi yalpi milliy jam\arma ko‘rsatkichlari daromadlardan foydalanish hisoblamasidan olinadi. Asosiy fondlarning yalpi jam\arilishi ko‘rsatkichi hozirgacha qo‘llanilib kelingan asosiy fondlarning o‘sish ko‘rsatkichlariga to‘\ri keladi. Bu hisoblamaning muvozanatlashtiruvchi hisoblamasi sof kredit (+) yoki sof qarzlar (-) hisoblanadi. Ular quyidagicha ifodalanadi: SK+q YAMJ + KTBDO – YAJAF – ZO‘AV – AYEN – KTBDB Bu yerda: SK+ - sof kredit yoki sof qarzlar; YAMJ - yalpi milliy jam\arma; KTBDO - kapital trnasfertlar (boshqa davlatlardan olingan); YAJAF - asosiy fondlar yalpi jamlanishi; ZO‘AV - moddiy aylanma vositalari zaxiralarining o‘zgarishi;