MiLLİY İQTİsodiyot va uning makroiQTİsodiy ko'rsatkichlari Reja


Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü1,02 Mb.
#201399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor:


  • Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi;

  • Rayon xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;

  • Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.

Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan«avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar.Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat birinchidan, u yoki bu extiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi, ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyot boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchasbog’liqdir. Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq. Ma’lumki iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlarini, shu bilan birga iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti.
O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning
«Qzbekiston modeli», «Qzbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bqldi.

O’zbekiston respublikasi xalq xo’jaligi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. Shu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat taqsimotiga asosan xom ashyoni etkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday sharoit xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi. Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi iºtisodiy rivojlanishning qz yqlini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi.


Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan davlat boshqaruv organlari quyidagicha:

  1. O’zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo’li bilan tayinlanadigan Prezident.

  2. Umumxalq saylovi yo’li bilan saylanadigan – Oliy majlis deputatlari,Oliy Majlisi sessiyasi, shu oraliqda Oliy Majlis Prezidiumi, tegishli hay’at va qo’mitalari

  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – uning raisi Prezident hisoblanadi.

Bulardan tashqari huquqiy organlar mavjud bo’lib, bular qatoriga O’zbekiston Konstitutsion nazorat qo’mitasi, Konstitutsion sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Rspublikasi Prokuraturasi, Davlat Arbitraji kiradi. Bevosita iqtisodiy boshqaruvga oid davlat mahkamalari mavjud bo’lib, ular boshqaruv oliy organlarining uchalasida ham mavjud. Prezident devonida iqtisodiy masalalar bo’yicha Davlat maslahatchisi mavjud. Ushbu shaxs davlatning iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqishda iqtisodiy qo’mita va bo’limlarni ham nazorat qiladi.
Oliy Majlis va uning Prezidiumi tarkibida ham iqtisodiyotga oid qonunlarni ishlab chiqadigan, shunga oid masalalarni Oliy Majlis sessiyalari kun tartibiga kiritadigan bir necha qo’mitalar mavjud.
Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan, davlat iqtisodiy siyosatini hayotga tadbiq etadigan boshqaruv bo’g’inlarining asosiylari quyidagilar hisoblanadi.Bosh vazir, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha bosh vazir o’rinbosari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, O’zbekiston Markaziy va Milliy banklari, Xalq jamg’arma banki, Davlat boj, soliq va xususiylashtirish qo’mitalari, barcha vazirliklarning iqtisodiy boshqarmalari va hokimliklar

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin