tarkibidagi firmalar. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eks’ort imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro mono’oliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Shu sababli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev «Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni bar’o etishning asosidir» , deb ta’kidlaydi.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:
mutloq va nisbiy YaIM;
milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondoshuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi.