Kursishiningdolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni muntazam chuqurlashtirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishinni talab etadi. Ammo fan sig’imi yuqori bo’lgan sohalar va milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish sanoatning qayta ishlashning tеxnik va tеxnologik rivojlanishi bilan bеvosita bog’liqdir. Bunda innovatsiya va innovatsion tеxnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’zR Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishhisobidan amalga oshirilishi mumkin”1.Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha jahon tajribasini jumladan \Amerika, Rossiya, Yaponiyaning tajribasini o’rganish muhim bo’lib, bu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.