MiLLİY İQTİsodiyot va uning makroiQTİsodiy ko'rsatkichlari Reja



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə5/11
tarix07.01.2024
ölçüsü1,02 Mb.
#201399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2. Miliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalari.

Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’g’inlar xarakatini ta’minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo’limlar tizimidan iborat. Shuning uchun iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda bo’ladigan murakkab organizmdir.


Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.
Ma’lumki, Markazlashgan boshqaruv tizimida muayyan mamlakat iqtisodiyoti “xalq ho’jaligi” iborasi bilan ifodalanar edi. Bunday yondoshuvda mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga, ya’ni:

    • Ishlab chiqarish




    • Noishlab chiqarish sohalariga bo’lingan xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifiga asoslanar edi.

Ishlab chiqarish sohasi:


Sanoat;

      • qishloq xo’jaligi o’rmon xo’jaligi;




      • qurilish;




      • yuk transporti;




      • ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa;




      • moddiy texnika ta’minoti;




      • savdo va tayyorlov tashkilotlari;




      • umumovqatlinish korxonalari;




      • boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari; I.



Noishlab chiqarish sohasi:





    • uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish;




    • sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot;




    • xalq ta’limi;




    • madaniyat va san’at;




    • moliya, kredit va davlat sug’urtasi;




    • boshqarish;




    • mudofaa;




    • xar xil noishlab chiqarish faoliyatlari.

Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, xaddan tashqari markazlashgan rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. Chunki unga asoslanib:



    • noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni

aniqlash;



    • tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish

tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara yo’qoladi, yangi turli-tumanli mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada, turli mulk shakllari ko’rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari shakllanadi: Iqtisodiy mustaqil mulk egasi, ya’ni iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, er egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi. Firma, korxona, xo’jaliklar va ularda band bo’lgan tadbirkorlar. Ular foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar. Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko’rsatadilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-taxririda Milliy iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:

  1. Ichki iqtisodiyot

  2. Qolgan dunyo (tashqi dunyo)

Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:

  1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar);

  2. Moliya tashkilotlari ;

  3. Davlat tashkilotlari;

  4. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar;

  5. Uy xo’jaligi;

Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - qolgan dunyo yoki tashqi dunyo sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi muomalalarni hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko’rsatishda ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining xalqaro standarti (TTXS)ga binoan quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: bo’limlar (jami 17 ta bo’lim); bo’limchalar (jami 20 ta blok); tarmog’lar turkumlari (jami 169 ta faoliyat turi); tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo’yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo’l keladi.
Makroiqtisodiyotni sektorlarga bo’lib o’rganish bozor munosabatlarini tartibga solish uchun zarur bo’lgan makroiqtisodiyot ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishda,makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish va makroiqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashda, makroiqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo’lgan tegishli tavsiyalarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Bozor ehtiyoji va xususan shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish Yuqorida qayd etilganlardan tashqari BMTining 1993 yilda qabul qilingan MSTida bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan malakatlarda yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya qilinadi, ya’ni:

    1. Tovar ishlab chiqarish sohasi-bunda buyum, gaz, suv, va energiya shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, qurilish tarmoqlari kiritiladi.

    2. Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlar soha va tarmoqlar bo’yicha hisoblaydi va e’lon qiladi.
Shunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi.

  1. Ijtimoiy tuzilishi.

  2. Tarmoq tuzilishi.




  1. Takror ishlab chiqarish tuzilishi.

  2. Xududiy tuzilishi.

Ijtimoiy tuzilish- bu iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllari o’rtasidagi o’zaro nisbatdir.
O’zbekistonda mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash mulkchilik tarzida shakllangan.
Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi.
Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Yuksak rivojlangan mamlakatlar∗da uchun xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa- qazib oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir.
U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini
turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish o’rtasidagi,iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro nisbatlardir. Takror ishlab chiqarish tuzilishi iqtisodiy o’sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiyotning hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hududiy jihatlarini aks ettiradi va alohida hududlarning umummilliy ko’rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U butun mamlakat bo’yicha turmush sharoitini barqarorlashtirish maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi. Ma’lumki, ma’muriy jihatdan O’zbekiston 12 viloyat va 1 ta avtonom respublikadan iboratdir. Unda 119 ta shahar, 163 ta qishloq ma’muriy tumanlar mavjuddir.
Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo’yicha mamlakatimiz 6 ta iqtisodiy regionga bo’linadi:

  1. Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir. Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to’g’ri keladi.Bu region o’rta hisobda Mamlakat milliy daromadini 25.9% va 32.5% sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.

  2. Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy regioniga to’g’ri keladi. Bu region Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarini o’z ichiga oladi va 19.2 ming m2territoriyaga egadir, yoki 4.3% respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6% yashaydi. Bu region O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31.5% ini, 36.8% qishloq xo’jalik mahsulotini, 28.3% tovar oborotini ishlab chiqaradi.

  3. Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.

  4. Janubiy iqtisodiy region - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik

rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region etishtiradi.

  1. Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini etishtiriladi.

  2. Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini etishtiradi.




  1. Yüklə 1,02 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin