Turg‘un iqtisodiyot yalpi investisiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan vaziyatni aks ettipadi. Bu iqtisodiyotda mazkup yilda YAIMni ishlab chiqarish japayonida iste’mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investisiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi.
Yalpi investisiyalar amoptizasiyaga qaraganda kam bo‘lsa, Ya’ni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste’mol qilinsa, iqtisodiyotda tanazzul holati vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investisiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. By yil oxirida kapital hajmi yil boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi. Masalan, «Buyuk turg‘unlik» davrida, aniqrog‘i 1933 yil AQSHda yalpi investisiyalar hammasi bo‘lib 1,6 mlrd. doll.ni, yil davomida iste’mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. doll.ni tashkil qilgan. Shunday qilib, investisiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. doll.ga teng bo‘lgan.
Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha carflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, Ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, Ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YAIM hajmi aniqlanadi.
2004 yil O‘zbekistonda sarflar (foydalanish) bo‘yicha YAIM 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilib, u tarkiban quyidagicha bo‘lgan:
pirovard iste’molga sarflar – 8386,4 mlrd. so‘m (68,8%);
yalpi jamg‘arish – 2913,3 mlrd. so‘m (23,9%);
sof eksport – 889,8 mlrd. so‘m (7,3%).
Uchinchi usul – bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo‘yicha yondoShuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana Shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YAIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, Ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo‘shiladi.
Agar YAIMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan YAIMni sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan YAIMdan olingan pul daromadlari summasi.
Mahsulot ishlab chiqarishning barcha sarflari ayni paytda mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozordagi sotuvchilar uchun daromad hisoblanadi.