Milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi


Tarqatma materialning taxminiy nusxasi



Yüklə 42,1 Kb.
səhifə10/13
tarix20.06.2023
ölçüsü42,1 Kb.
#133000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2 5280907962561339402

Tarqatma materialning taxminiy nusxasi
Vazifa. “Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri inson huquqlarini ta’minlash edi” masalasi bo’yicha quyidagi fikrlaringizni bayon eting:
(F) - fikringizni bayon eting;
(S) - fikringizga biron sabab ko’rsating;
(M)- ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) - fikringizni umumlashtiring.
«Stsenariy» texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: talaba (yoki o’quvchi)larda yakka va jamoaviy ijodiy faoliyat ko’nikmalarini, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, turli shakldagi yakka va jamoaviy ijodiy faoliyatni egallash, o’tkaziladigan tadbirlarni oldindan rejalashtirish, stsenariysini to’zish, tashkil etish va o’tkazish buyicha ko’nikma, malaka hosil qilishdan iborat.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Mashg’ulotning har bir qatnashchisi yakka holda ishlash uchun tayyorlab kelgan tarqatma material (kartochka)lardan bittadan tanlab oladi. Kartochkalarda talaba (yoki o’quvchi)lar uchun turli xil tadbirlarning mavzusi berilgan bo’lib, ular shu mavzuda o’tkazilishi mumkin bo’lgan tadbir haqida yakka holda bosh qotirishlari, uning mazmuni, o’tkazilish tartibining turli shakllarini aniqlashlari hamda shu tadbirning reja-stsenariysini ishlab chiqishlari kerak.
Mashg’ulotning keyingi boskichida talaba (yoki o’quvchi)lar o’zlari yakka holda to’zgan reja-stsenariylari bilan kichik guruhlarga ajralishadilar.
Ular o’z ishlarining natijasi bilan guruh a’zolarini birma-bir tanishtiradilar, ishlab chiqilgan reja-stsenariylarga baho beradilar, berilgan reja-stsenariylarni to’ldirib, to’g’rilab, ular ichidan bitta variantni tanlab oladilar. Keyin kichik guruhlar birgalikda tanlangan tadbirning reja-stsenariysini ishlab chiqadilar.
Vazifalarni bajarish mobaynida guruh a’zolari, yakka tartibda ijodiy yondashib, tayyorlangan reja-stsenariylarni e’tiborga olgan holda hamda ular ichidan tanlab olingan senariy bo’yicha taqdimotga tayyorlanishadi.
Har bir guruh birgalikda tayyorlagan stsenariylarini himoya qiladilar. Himoya vaqtida guruh a’zolari (yoki guruh vakili) talaba (yoki o’quvchi)lar auditoriyasining savollariga javob berishi yoki o’z variantlarida qolishlari mumkin. Reja-stsenariy loyihasining namoyishi sxema (yoki tomosha) shaklida bo’lishi mumkin.
Taqdimot tugagach, talaba (yoki o’quvchi)lar himoya qilingan loyixalarni birgalikda muhokama qiladilar va yakunlaydilar. O’qituvchi har tomonlama yaxshi, qiziqarli tuzilgan stsenariylarni keyinchalik amalga oshirish uchun tashkilotchilarga tavsiya etadi. O’qituvchi bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi.
“Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari” mavzusi ta’lim texnologiyasini yaratishda pedagogik tizimning o’ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berish zarur.
Ma’lumki, ta’lim texnologiyasi – pedagogika tizimining tashkil etuvchisi hisoblanadi.
U quyidagi tarkiblardan iborat:
1. Ta’lim beruvchi - o’qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi
ustasi.

  1. Ta’lim oluvchi - talaba, o’quvchi, tinglovchi.

  2. Ta’limiy maqsad – bu ta’lim berishni biror narsaga intilishi.

  3. Natija – (1) ushbu davr ichida chiqishda ta’lim oluvchini bilishi, uddalashi, qadrlashi zarur bo’lgan, ta’lim berishni biror narsaga kelishidir;

(2) ta’lim jarayonini samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi. Natija belgilangan maqsadga mos kelsa, qo’ish o’rgatish jaryoni tugallangan hisoblanadi.
5. O’quv axboroti mazmuni – fan bo’yicha o’qitish mazmunini tashkil etuvchi, adabiyot matnlari va o’quv qo’llanmalar, lug’at va boshqa axborot manbalaridan iborat bo’ladi. O’quv dasturi asosida aniqlanadi va maqsadni belgilashdan kelib chiqib ta’lim beruvchi tomonidan o’zgartirish kiritiladi.
6. Ta’lim texnologiyasi – (1) o’qitish- usul, shakl va vositalar; (2) muloqot, (3) axborot va (4) boshqaruvning yo’l va vositalari.
7. Tahliliy-natijaviy tarkib – ta’lim texnologiyasi bo’yicha olingan natijalar samaradorligini o’lchashning yo’l va vositalari.
Agar pedagogik tizimning tarkibiy tashkil etuvchilaridan bittasi ham bo’lmasa, unday holda ta’lim jarayonining o’zi ham bo’lmaydi, yoki u kuchsiz xususiyatga ega bo’ladi. Har qanday holatda ijobiy natija bo’lsa ham, u tasodifiy bo’lishi mumkin.
Ta’lim texnologiyasi - tizimli toifa bo’lib, tuzilmaviy tashkil etuvchi va qismlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ta’limning yo’l va vositalari:
Ta’lim usullari; ta’lim shakllari; ta’limning yo’llari, texnikalari; ta’lim vositalari.
2. Muloqotning yo’l va vositalari:
2.1. Ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga tezkor qaytar aloqa asosida bevosita o’zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchi - o’quv axborot manbai, undan foydalanishning tashkilotchisi hamda nazoratchisi;
ta’lim oluvchi - axborot iste’molchisi, ta’sir o’tkaziladigan boshqaruv ob’ekti;
(2) ta’lim beruvchi - o’quv axboroti manbai bo’lib, maslahatchi, ta’lim jarayonining sub’ektlari o’rtasida axborot almashinuvining muvofiqlashtiruvchisi;
ta’lim oluvchi- o’quv axborotini egallash va uni ishlatish bo’yicha shaxsiy mustaqil ijodiy faoliyat sub’ekti.
2.2. Vaqt bo’yicha bo’lingan qaytar aloqa bilan ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga bavosita o’zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchining ta’lim manbalari bilan ta’lim oluvchilarni eng kam ishtiroklaridagi o’zaro harakati;
(2) ta’lim beruvchining bir ta’lim oluvchi bilan, ikkita ta’lim oluvchi o’rtasidagi: faol o’zaro harakat;
(3) ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o’rtasida: ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar guruhi bilan; ta’lim oluvchi guruhlar o’rtasida: faol o’zaro harakat.
3. Axborotning yo’l va vositalari:

  • axborotni yetkazish - monolog, dialog, polilog;

  • axborotni olish (qaytar aloqa) - tashxis, baholash, kuzatuv.

  1. Boshqaruvning yo’l va vositalari:

  • Bashoratlash; rejalashtirish; nazorat; baholash; axborotni yig’ish, uning to’planishi va tahlil; o’zgaruvchanlikni va yo’nalishni aniqlash; boshqaruv xulosasini qabul qilish; o’zgartirish kiritish.

Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad-natijani mos kelish yo’nalishi bo’yicha harakatni yo’lga solishdan iborat bo’ladi.
O’qitish rejasini tuzishning har bosqichida o’qituvchining boshqaruv harakatlarini ko’rib chiqamiz.
Maqsadni belgilash - didaktik vazifalarni aniqlash, o’quv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo’lib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga yo’naltiradi.
Tashxis - ta’lim oluvchilar xususiyatlarini va mavjud moddiy - texnik imkoniyatlarni o’rganish. Bu maqsadni to’g’rilash zarurligiga va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.
Bashorat qilish - o’rnatilgan vaqt ichida mavjud sharoitlarda pedagogik va o’quv faoliyati natijalarini oldindan ko’rish.
Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo’llarini aniqlash.
Tashxis, bashorat qilish va loyihalash rejani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Rejalashtirish - oldindagi o’zaro bog’liq pedagogik va o’quv faoliyatining rejasini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. U texnologik xarita ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Tashkillashtirish - ta’lim beruvchi tomonidan talabalarni belgilangan ishga jalb qilish, belgilangan maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish.
Axborotli ta’minlash - o’quv axboroti va qaytar aloqani yetkazib berishning yo’l va vositalarini amalga oshirish. Bunda yig’ilgan axborot jarayonining borishini tezkorlikda o’zgartirishni, ta’sir ko’rsatadigan rag’batlantiruvchi omillarni, samarali vositalarni kiritishga imkon beradi.
Nazorat, baholash va o’zgartirish kiritish - rivojlanish jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan rag’batlantiruvchi omillarni yaratish, pedagogik ta’sir etish ob’ekti o’zgarishini muvofiqlash.
Tugallangan jarayon tahlili- samarasizlikni, ularni paydo bo’lish sababini aniqlash, kelgusi takror ishlab chiqiladigan davrda unga yo’l qo’ymaslik choralarini aniqlash.
O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:

  • Huquqshunoslik fanini o’qitishda ta’limni texnologiyalashtirish qoidasi;

  • fan bo’yicha o’quv axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi;

  • DTSda belgilangan, o’quv rejasida aniqlab berilgan vaqtda va berilgan sharoitda ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning kontseptual yondashuvlari.


Yüklə 42,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin