1. Ko’ylak va lozim bo’laklarini konstruktsiya chizmasidan ko’chirish
1-rasm.
Ko’ylak va lozimning har bir bo’lakini konstruktsiya chizmasidan kalka qog’oz vositasida yoki bigiz orqali alohida qilib tushiriladi (ko’chiriladi).
Bunda asosiy har bir bo’lakka tegishli kertik va ichki asosiy konstruktiv chiziqlar ham ko’chiriladi. Milliy ko’ylak va lozim bo’laklari model konstruktsiyasi T-33 modulda ishlab chiqilgan.
2. Ko’ylak va lozim bo’laklariga texnologik ishlov berish usulini aniqlash
modulga qaralsin.
Ko’ylak va lozimning yig’ma chizmasi va asosiy texnologik uzellariga ishlov berishning sxemasi o’rganib chiqiladi. Ishlatiladigan asbob va jihozlar ko’rsatiladi.
3. Ort bo’lak andozalari (koketka va etak) chizmasidan chok haqi qiymatlarini qo’yib chiqish.
Chok qiymatlari texnologik ishlov berish usuliga, material xossalariga bog’liq holda tanlanadi.
Sitiluvchan gazlamada chok haqi 1-5 mm gacha ko’proq olinadi. Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andozalar konturlari chiziladi.
4. Old bo’lak andozalari chizmasida (koketka va etak) chok haqi qiymatini qo’yib chiqish
Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andoza konturlari chiziladi.
5. Yoqa va yeng bo’laklari chizmasi bo’yicha andoza tayyorlash.
Ko’chirib olingan yoqa va yeng bo’laklari ziylari bo’ylab chok haqi qo’yib chiqiladi va andoza konturlari chiziladi. Chok haqi qiymatlari, 2-jadvalga qaralsin.
6. Lozim bo’laklari andozalarini chizish.
Konstruktsiya chizmasidan ko’chirib olingan lozim bo’laklari qirqimlari bo’ylab chok haqi qiymati qo’yib chiqiladi va andozalar konturlari chiziladi.
Oq qirqimi bo’yicha chok haqi – 1,0 sm, belni bukish uchun – 3,0 sm, qadam qirqimi uchun – 1,0 sm, manjetni pochaga ulash – 1,0 sm.
7. Adip va astar bo’laklari andozalarini tayyorlash.
Ort va old koketka astari va adip bo’laklari, old, ort koketka andozalari (0.1 va 0.2 bo’lakl) asosida chiziladi.
Adip kengligi old koketka kengligining (0,60,7) qismini tashkil etadi.
Andoza konturlari
chetlaridan bir oz qo’yim qo’yib qirqib olinadi. Bunda qirqimning silliqligiga e’tibor beriladi.
9. Birikuvchi bo’laklar qirqimlarini tekshirish.
Birikuvchi bo’laklar qirqimlari (bo’yin o’mizi, yelka, yeng o’mizi, yon qirqim, lozim og’i va yon qirqimi) uzunliklari va o’zaro muvofiqligi tekshiriladi. Qirqim uchlariga chokning qaysi tomonga dazmollanishiga qarab aniqlik kiritiladi.
10. Ko’ylak va lozim
bo’laklari andozalarini rasmiylash-tirish.
1-rasm, 2,3-jadvallar.
Andozalarga quyidagi belgilar kiritiladi. (1-rasmga qarang).
-andoza nomi (asosiy, astar);
-kiyim nomi;
-bo’lakning spetsifikatsiyasi bo’yicha tartib raqami;
-bo’lak nomi;
-chok haqi qiymati;
-tanda ipi yo’nalishi;
-kertiklar o’rni (kertik eni 2-3 mm, uzunligi 5-7mm.)
12. Gazlama nuqsonlarini aniqlash, bo’yi va enini o’lchash.
Gazlama o’ng tomonidan tekshirib chiqiladi, nuqsonlar bor joylari bo’r bilan belgilab qo’yiladi.
13. Gazlamani bichuv stoliga joylashtirish.
Bichuv stoli ustiga gazlama yalang qavat qilib to’shaladi.
14. Gazlamaga ko’ylak bo’laklarini joylashtirish.
Ko’ylak old va ort bo’lak andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’lak tanda ipi yo’nalishi gazlama o’rish ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi shart. Gazlama tanda ipidan mumkin bo’lgan chetga og’ish kattaligi 2-jadvalda keltirilgan.
15. Gazlamaga ko’ylak mayda bo’laklarini joylashtirish.
Joylashmada avval old va ort etak bo’laklar, so’ng yeng koketka, yoqa bo’laklari simmetrik tarzda joylashtiriladi. Bo’laklarning simmetriya belgisi 1-jadvalda keltirilgan.
16. Gazlama lozim bo’laklarini joylashtirish.
Lozim bo’laklari gazlama ustiga joylashtiriladi. Agar lozim tepa qismda uloq loyihalansa, uloq o’rni chegirib, so’ng joylashtiriladi. Joylashmani tejash maqsadida lozim og’ini xishtakli qilib bichish mumkin.
17. Ko’ylak koketkasi astarini va lozim ulog’ini bichish.
Ort va old koketka astaridan bichilgan bo’laklar (0,7 va 0,8) astar gazlama ustiga joylashtiriladi va yuqorigi tartibda bichiladi.
18. Joylashmani bo’rlash.
Andoza uchi o’tkirlangan bo’r yordamida bo’rlanadi. Bunda:
A) bo’r chiziq qalinligi 0,1 smdan oshmasligi kerak:
B) chiziqlar andoza konturi bilan mos tushishi kerak.
C) yeng qiyamasi, old va ort koketka yelka qirqimi, old yoqa o’mizi, yeng o’mizi bilan boshqa bo’laklar orasida 0,5 sm oraliq joy qoldirish kerak.
19. Gazlama sarfini aniqlash.
Gazlama bo’yi uzunligi o’lchanadi. Masalan, keltirilgan joylashma uzunligi ....... sm.
20. ko’ylak va lozim bo’laklarini qirqib olish.
O’tkir qaychi yordamida bo’rlama bo’yicha ko’ylak bo’laklari qirqib olinadi.