Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə14/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

ADABIYoTLAR


1.Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1982.
2.Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1975.
3.Sportivnaya borba. pod.red. Tumanyana G.S. M., 1985.
4.Sportivnaya borba. pod.red. Kupsova A.P. M., 1978.
5.Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba, T., 1987.
6.Nurshin J.M., Salomov R.S., Kerimov F.A. O’zbekcha milliy sport kurashi.
9-Mavzu: Kurash turlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi..
Armrestling
Reja:
1.Armrestling kurashining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar: Aremrestling “qo’llarda kurashish” (“arm”-qo’l, “restling”-kurash) ma’nosini bildiradi, “Ristrestling” (so’zma-so’z tarjima qilinganda - “bilaklarda kurashish” ma’nosini anglatadi), Qadimda kurashning ‘aydo bo’lishi. S’ort kurashi turining tarixiy manbaalari, tasniflash, tizimlashtirish va atamalar tushunchalarining ta’rifi, kurash turlarining tasnifi, kurash nazariyasi va amaliyotida qo’llanadigan tasniflashtirishning tahlili; s’ortga tasniflash, kurashchilarning vazn toifalariga, guruxiga, s’ort tayyorgarligiga qarab tasniflash.
Armrestling
Aremrestling ingliz tilidan tarjima qilinganda “qo’llarda kurashish” (“arm”-qo’l, “restling”-kurash) ma’nosini bildiradi. Aremrestling sport turi sifatida XX asrning 60-yillarida shakllandi. Lekin u o’zining tarixiy ildiziga ega. qo’llarda kurashish xalqlarning turli an’analari va urf-odatlarini qamrab olgan xalq jismoniy tarbiyasining tarkibiy qismi bo’lib hisoblangan.
Bu yakkakurash turi har xil bayramlar va tantanalarda eng uchli kishini aniqlashning an’anaviy usuli bo’lib kelgan va hozir ham shunday bo’lib kelmoqda.
Armrestling qadimdan maxsus tayyorgarlikka qaratilgan samarali mashq sifatida kurashchilar tayyorgarlik tizimiga kirgan. Ushbu srort turi qoidalarining soddaligi, ham sog’lom kishilar, ham nogironlar uchun teppa-tengligi, ehtirosga boyligi va tomoshabopligi uning ko’pgina davlatlarda keng tarqalishiga yordam berdi. Aremrestling bo’yicha birinchi jahon chempionati 1962 yilda Petaluma shahrida (AQSh) bo’lib o’tdi.
Hozirgi kunda qo’llar bilan kurashishning 6 ta turi mavjud. “Ristrestling” (so’zma-so’z tarjima qilinganda - “bilaklarda kurashish” ma’nosini anglatadi) bo’yicha tashkiliy qo’mita asoschisi va prezidenti Bil Soberanes stol yonida tik turib, bo’sh qo’llarni asosiy kurashayotgan qo’llar tagidan uzatib ushlab turish bilan kurash olib borishni targ’ib etadi. Doktor Stoksen - o’tirib, bo’sh qo’llar bilan mustahkam dastakni ushlagan holda kurashishni tavsiya etadi.
Amerikalik yuk tashuvchi mashina haydovchilarining kasaba uyushmasi dastakni ushlagan holda tik turib kurash o’tkazishni afzal ko’radi.
Mayami chempionati tashkiliy qo’mitasi musobaqalarni faqat yotgan holda dastakni ushlab kurashish usulida o’tkazadi va, nihoyat, g’ayrioddiy ushlash bilan kurash olib boriladigan chempionatlar o’tkaziladi: qo’l, musht qilingan holda bukilib, raqib
qo’lining musht qilib qayrilgan joyida birlashtiriladi. Bunda ham o’tirib, xam yotib, ham tik turib kurashish mumkin.
Dastlabki holatlar va ushlashlarning turliligi atamalarda (armrestling, ristrestling, xendrestling va boshq) adashib ketishga olib keladi.
Aremrestling 1991 yilning oxirida O’zbekistonda sport turi sifatida paydo bo’ldi. Shu yilning o’zida Respublika federasiyasi tashkil qilindi. Bu sport kurashi turi yoshlar o’rtasida keng ommalashgan. Turli ommaviy sport tadbirlarida armrestling musobaqalariga o’rin ajratiladi. O’zbek sportchilari ushbu sport turida katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Umidjon Ahmedov 8 karra jahon chempioni, Farid Usmonov 2 karra - jahon chempioni, Yusuf Kodirov - jahon chempioni, Bobur Bekchanov - jahon chempioni bo’lishgan.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin