Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə21/71
tarix04.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#93221
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

3. Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash.
Kiyimning sifati va uning narxi ko’p jixatdan ishlov berish usuliga va qo’llaniladigan asbob-uskunaga bog’liq. Shuning uchun yuqori sifatli buyumni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan tikish usullari tanlanadi.
Kiyimga ishlov berish usullari va qo’llaniladigan asbob-uskunalar kiyimning mo’ljallanishiga, gazlamalarni tikish hususiyatiga bevosita bog’liq. Ishlov berish usullarini va asbob-uskunalarni tanlashda buyum sifatini yaxshilash, buyumga ishlov berish vaqtini qisqartirish, mexnat unumdorligini oshirish, kiyim tikish qiymatini kamaytirish, asbob-uskunalardan va sex maydonidan, shuningdek ishchilarning ish vaqtidan unumli foydalanish, hamda mexnat sharoitini yengillashtirishning turli variantlari solishtiriladi. Mavjud texnologiyani takokillashtirish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi:

  • mashina operatsiyalarini solishtirma ulushini ko’tarish;

  • yelimli materiallarni qo’llash jarayonini kengaytirish;

  • operatsiyalararo namlab isitib ishlov berish operatsiyalarini qisqartirish va kontsentratsiyalash;

  • detallarga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish;

  • kichik mexanizatsiya vositalarini qo’llash.

Ayrim detal va kiyim bo’laklarini tayyorlashda kompleks mexanizatsiyalashtirishni, shuningdek avtomat va yarimavtomat uskunalar komplektidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Kiyim tikish texnologik tartibini tuzish.
Kiyimga tanlangan ishlov berish usullari asosida uni tikish texnologik tartibi tuziladi.
Texnologik tartib bo’linmas operatsiyalaridan iborat bo’ladi. Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiya tikish jarayonining texnologik jixatdan maydaroq kiyimga ajratish mumkin bo’lmagan yaxlit bir elementidir. Texnologik jixatdan bo’linmaydigan operatsiyalar tanlangan eng maqbul tikish usullari asosida tuziladi. Bo’linmas operatsiyalarni soni va miqdori buyumning murakkbligiga va tikish usullariga bog’liq. Buyum qancha murakkab bo’lsa, bo’linmas operatsiyalar shunchalik ko’p bo’ladi. Bo’linmas operatsiyalarni ixtisosi uni bajarishda qo’llaniladigan asbob-uskuna asosida belgilanadi, razryadi esa tarif-malaka ma’lumotnomadan foydalanib aniqlanadi. Operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqt TSMITI ( TSNIShP) ning ishlab chiqqan vaqt me’yoridan olinadi. Bundan tashqari operatsiyalarni bajarishga sarflanadigan vaqtlarni me’yorlash uchun tajriba-statistik yoki analitik usullardan foydalaniladi. Tajriba-statistik me’yor o’rtacha arifmetik me’yorni belgilashga olib keladi, u yetarli texnik jixatdan asoslanmagan bo’lib, ilg’or ishchi mexnatining tajribasini to’liq o’zida ifodalab bermaydi.
Analitik usulda esa vaqtning me’yori ishlab chiqarishdagi ish joy imkoniyatini taxlil qilish va ishchini qo’shimcha ishlarga sarflaydigan vaqtini aniqlash orqali belgilanadi.
Analitik me’yorlashning ikki usuli mavjud:
- analitik-tadqiqot usuli.
- analitik-hisoblash usuli
Analitik tadqiqot usulida operatsiyaga va uning har bir elementiga vaqt sarf qilinishi ish joyida o’tkazilgan tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi, ya’ni xronometraj o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi.
Analitik hisoblash usulida operatsiyani sarf vaqti formula asosida hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. U analitik –tadqiqot yordamida olingan ma’lumollarga asoslanadi. Buyum tikish texnologik tartibi 9.1-jadval shaklida ko’rsatiladi.
Bir modelli oqimda buyumga ishlov berishning texnologik tartibi
9.1-jadval

T.r

Texnologik (bo’linmas) operatsiyalar nomi

Ixti
Sos

Razryad

Sarf vaqt

Asbob-uskuna (moslamalar)

1

2

3

4

5

6

1

Old bo’lak vitochkalarini tikish

M

2

38

8332\3055
«Tekstima»

2

Old bo’lak vitochkasini dazmollash

D

2

30

UTP

3

Old bo’lak relyef chokini tikish

M

2

54

8332\3005
«Tekstima»

4

va x.k.
















Jami:







Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin