20.2- rasm. “Roll Tex” firmasining tekshirish-o’lchab ko’rish mashinalari Zamonaviy tekshirish-o’lchab ko’rish mashinalari cho’zmasdan gazlamalarni o’ramidan ochish va uni o’ram qilish, nuqson topishni avtomatlashtirish, gazlamalarni o’ramidan ochish va o’rash tezligini boshqarish (0-75 mG’min), uzunasini avtomatik o’lchash, o’lchamlarni avtomatik yozish qurilmalaridan, shuningdek kompyuterlar va turli xil hisoblash vositalari bilan ta’minlangan.
“Bullmer-werk” ( Germaniya), “Calaton” (Shvetsiya), “Nortekx” va “Shelton” (Angliya) firmalarida zamonaviy tekshirish-o’lchab ko’rish mashinalari ishlab chiqilmoqda.
Ular turli tuman bo’lganlari bilan ishlash mexanizm va vositalari bir xildir:
gazlamalarni o’ramidan ochish va uni o’ram qilish qurilmasi yoki gazlamani bukib taxlash qurilmasi;
ko’rish ekranigacha bo’lgan yo’naltirish valiklari;
ko’rish ekranidan keyingi yo’naltirish valiklaridan iborat.
Gazlmalarda nuqson topishni avtomatlashtirish tayyorlov-bichish sexida tez moslanuvchan ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi.
Sifati tekshirilgan gazlamalar rulon qilib o’raladi va sifati tekshirilgan gazlamani saqlash zonasiga o’tkaziladi. Bu erda gazlamalar yakka yoki guruh holda saqlanadi. Gazlamalarni saqlash uchun turli xil qurilmalar ishlatiladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
1-guruh - statsional qurilmalar: oddiy taglikli, supaga taglik, tokchali javon, ari uya javon,archasimon javon.
2-guruh - harakatlanuvchi yacheykalari bor qurilmalar: elevator, baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javon.
Gazlamani saqlash uchun uskuna tanlashda gazlama to’plarini saqlash, qidirib topish va tashish usullarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini, gazlamalarni qanchalik yaxshi saqlanishi, binolarni sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentini oshirish imkoniyatini nazarda tutish kerak.
Gazlama to’plari bir biriga tegmay, har qaysisi bittadan alohida kajavaga solib saqlanadigan elevatorlarda gazlamalar juda yaxshi saqlanadi, chunki elevator harakati vaqtida gazlama to’plarini sirtqi qavatlari bir biriga tegmagani uchun, ular hech qanday deformatsiya bo’lmaydi.
Tokchali javonlarda gazlama 3-4 yarusda saqlanadi. Gazlamalarni javonlarga joylashtirishni mexanizatsiyalashtirish uchun ko’tarish-tashish qurilmalaridan foydalaniladi. TShP-89 erda yuradigan panshahasimon shtabeler gazlamalarni tashishga va donalab saqlanadigan javonlarga joylashtirishga mo’ljalangan. Ko’p yarusli javonlarga gazlamalarni joylashtirish, tushirib olish va tashish uchun shtabeler-kran OL-0,25 va OP-0,5 ishlatiladi. Bundan tashqari osma shtabeler-kran PP-0,25, PP-0,5 lardan foydalanish mumkin.
Shunday qilib, gazlamalarni donalab saqlash uchun avtomatlashtirilgan vertikal berk elevatorni qo’llashda, gazlamlarni saqlash bilan bog’liq bo’lgan hamma operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish va avtomalashtirish mumkin bo’ladi.
Bunda sifati tekshirilgan gazlamalarni saqlash uchun quyidagi vositalar qo’llaniladi:
aravachalarni dastlabki holatga avtomatik ravishda keltirish vositasi;
elevatordan yukni tushurishni boshqarish pulti;
gazlama to’plarini gazlamani xillash bo’limiga o’tkazish uchun tasmali transportyor.
Elevatorlarning afzalligi:
To’plarning saqlash, qidirib topish va tushurish mexanizatsiyalashtiriladi va avtomatlashtiriladi.
Binoning sathi va hajmidan foydalanish koeffisiyentti oshadi.
Gazlamalar deformatsiya bo’lmaydi, chunki gazlama to’plari bir-biriga tegmaydi.
Kamchiligi:
Elevator katta joy talab etadi.
Elevatorning foydali hajmi javonning foydali hajmidan kamroq bo’ladi.
Ari uya javon gazlamalar to’pini donalab saqlashga mo’ljalangan. Bu javonlarni qo’llashda gazlamalarni yuklash, tushurish va tashish to’la mexanizatsiyalashtirilgan. Javonlarning katakchalari shtabellar yordamida to’ldiriladi.
Baraban tipidagi mexanizatsiyalashtirilgan javonning uchi zich joylashgan to’rtburchak katakchalardan iborat. Bu javonlarni harakatlanish tugmacha yordamida bajariladi. Barabanni hohlagan tomonga aylantirish mumkin. Gazlamalar to’pini javonlarga joylashtirish ko’p jismoniy kuch talab qilmaydi.
Tikuvchilik korxonalarning tayyorlov sexida bajarildigan ishlarning yana biri tikuv sexlarida tikiladigan har bir modelga konfektsion karta tuzishdir. Konfektsion karta konfektsioner tomondan tuziladi va bosh muhandis tasdiqlaydi. Unda avra, astar, qo’shimcha materiallarning artikuli va namunasi, bezak materiallar, tugma nomeri va ularning namunalari ko’rsatiladi, undan tashqari modelni tashqi ko’rinishi (rasmi) chiziladi. Konfektsion karta modelga aratilgan texnik hujjat asosida tuziladi.
Tayyorlov sexda gazlamalardan ratsional foydalanish, ya’ni qoldiqsiz bichish maqsadiga gazlama to’plari to’shamalarga mo’ljallab hisoblanadi. Tikuv korxonalarga gazlama bo’lak-bo’lak holda keladi. Bo’laklar eni va uzunligi ko’pincha bir xil bo’lmaydi. Ba’zi bir to’plarda nuqson gazlama eni bo’yicha o’tgan bo’lib, shu joyda qirqish joyi belgilanadi. Shuning uchun gazlama to’plari avval hisoblanadi, ya’ni qaysi bo’lak gazlama qaysi buyumni tikish uchun ishlatilishi kerakligi aniqlanadi. Gazlama bo’laklarini hisoblashda ishga yaroqli laxtaklarni minimum darajaga, foydalanib bo’lmaydigan laxtaklarni esa nolga etkizish lozim. Ishga yaroqli laxtak deb, korxonada ishlab chiqariladigan assortimentdagi bitta buyum bichig’i chiqadigan gazlama laxtagiga aytiladi.
Gazlamaning enidan va uzunligidan ratsional foydalanish uchun gazlama bo’laklarining ko’p to’shamali hisobi qo’llaniladi. Tikuv korxonalarida gazlama to’plarini avtomatlashgan hisoblash usullari mavjud.
Avtomatlashgan hisoblash usuli ES-1020, «Iskra-555», «Neva-501», NAIRA, «Minsk-32» elekron-hisoblash mashinalarda bajariladi. EHM ni qo’llashda yuqori unumni hisobga erishishdan tashqari, bunda bir qancha variantlar tahlil qilib eng maqbulini tashlab olishga imkoniyat bo’ladi.
EHM da gazlama to’pi bosqichma-bosqich hisoblanadi. Birinchi bosqichda gazlama to’pi faqat bir xil uzunlikda bo’lgan to’shamaga mo’ljallab hisoblanadi. Ikkinchi bosqichda ikki xil, uchinchisida esa uch xil to’shama hisoblanadi. Shunday qilib, EHM da gazlama to’pini qoniqarli darajada bo’lmasagina keyingi bosqichga o’tadi. Bundan tashqari har bir bosqich ichida EHM dasturi bo’yicha gazlama to’pini hisoblashning bir nechta sikllari o’tkaziladi va eng yaroqli natija tanlab olinadi. Har bir to’shama uzunlikdagi qavatlar sonining yig’indisi rejadagi topshiriqni bajara oladigan bo’lib va to’p ohiridagi qoldiqlar yig’indisi minimal bo’lgan variant eng maqbul variant hisoblanadi. Gazlama to’plarini hisoblash natijalari gazlamaning hisoblash kartasiga yoziladi.
Gazlama sathidan unumli foydalanish, ommaviy ishlab chiqarishning eng muhim masala hisoblanadi.
Bu masalani yechish uchun gazlama to’pini hisoblab chiqish kerak. Bunda tanlangan gazlama to’pi qaysi uzunlikdagi to’shamaga ishlatiladi va ma’lum uzunlikdagi to’shama uchun to’shama qavatlar soni aniqlanadi.
Gazlama to’plarini hisoblaganda, gazlama to’pida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan laxtak uzunligi 10-15 sm dan oshmaslik yoki umuman yo’q bo’lishi kerak. Bunday hisob qoldiqsiz bichish deb ataladi.
Gazlama to’plaridan ikki xil qoldiqlar chiqishi mumkin:
Ratsional qoldiqlar – bu yaroqli laxtaklar. Ulardan korxona assortimentidan bitta buyum tikish mumkin bo’lgan laxtak.
Noratsional qoldiqlar – bu yaroqsiz laxtaklar. Ulardan bitta buyum tikib bo’lmaydigan laxtak.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida gazlama to’plarini hisoblashning quyidagi usullari bor:
Qo’lda hisoblash usuli;