Gazlamani qirqish
Tikuvchilik korxonalarida turli xil gazlamalardan turli assortimentda buyumlar tikiladi. Ularni bichish uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi: Xozirgi kunda uch xil bichiq usullari mavjud: mexanik, termofizik, termomexanik. Ulardan mexanik usuli eng tarqalgan bo’lib, tikuv korxonalarida keng qo’llanalmoqda.
Mexanik usuli –gazlamalarni bichish universal va maxsus asboblarda: ko’chma bichish mashinasida, o’yish presslarida va qaychi yordamida bajariladi. Bu usul tikuvchilik sanoatida keng tarqalgan bo’lib, turli shakl va o’lchamdagi detallarni bichishga mo’ljallangan. Univesal asbobda detalni bichish afzalligi ham shundan iborat. Kamchiligi – kiyim detallarini aniq bichilmasligi va bichish jarayoni ko’p mexnat talab qilishi, operatsiyalar ketma-ket bajarilishi, jarayonni avtomatlashtirish imkoniyati yo’qligi.
Xozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarida to’shamalarni universal usulda qirqish uchun qo’yidagi ko’chma bichish mashinalar ishlatiladi: CS-529, CS-530, EZM-4, EZM-1, EZDM-2, HF120 S, HF140S, Komet 4,5,6 Ular to’shamalarni bo’laklarga bo’lishga hamda ulardan yirik detallarni qirqib olishga mo’ljallangan. Ularning tavsifi 31- jadvalda keltirilgan. 32- jadvalda xuddi shu vazifani bajaradigan disk pichoqli ko’chma bichish mashinalarning tavsifi berilgan.
To’g’ri pichoqli ko’chma bichish mashinalari tavsifi
20.2- jadval
Rusumi
|
EZM-4
|
CS-529
|
CS-530
|
HF120
|
HF140S
|
Komet 4
|
Ishlab chiqaruvchi
|
“Legmash”
Rossiya
|
“PANNONIA”
Vengriya
|
“HOFFMAN”
Polsha
|
“BULLMER”
Germaniya
|
Qirqiladigan to’shama balandligi,mm
|
130-160
|
130
|
160
|
120
|
140
|
100-150
|
Pichoq tezligi, m/s
|
30
|
40
|
40
|
40
|
40
|
40
|
Mashina og’irligi,kg
|
14,2
|
15,0
|
18,0
|
11,5
|
11,8
|
15,0
|
Disk pichoqli ko’chma bichish mashinalari tavsifi
20.3- jadval
Rusumi
|
EZDM-2
|
HF100
|
HF125
|
Ishlab chiqaruvchi
|
“Legmash” Rossiya
|
“HOFFMAN Polsha
|
Qirqiladigan to’shama balandligi,mm
|
20
|
85
|
98
|
Mashina og’irligi,kg
|
7,2
|
3,5
|
3,5
|
Statsionar bichish mashinalari to’shama bo’laklaridan turli shakl va o’lchamdagi detallarni qirqib olishga mo’ljallangan. Buning uchun qo’yidagi statsionar qirqish mashinalari ishlatiladi: RL-4, RL-5, RL-630, RL-2, KBS-300, HF200/750, 777 ”S ”. Ularning tavsifi 33- jadvalda keltirilgan.
Tasma chichoqli statsionar bichish mashinalari tavsifi
20.4- jadval
Rusumi
|
RL-4
|
RL-5
|
RL-630
|
RL-2
|
HF200/750
|
777 ”S ”
|
Ishlab chiqaruvchi
|
“Legmash ” Rossiya
|
“ Orsha ”
Belorussiya
|
“HOFFMAN”
Polsha
|
“BULLMER”
Germaniya
|
Qirqiladigan to’shama balandligi,mm
|
250gacha
|
120gacha
|
170
|
200
|
200
(max 300)
|
250
|
Pichoq tezligi, m/s
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
16,0
|
9÷14,5
|
To’shama stolining uzunligi,mm
|
2806
|
1700
|
1500
|
1500
|
1800
|
1750
|
To’shama stolining eni,mm
|
1506
|
1000
|
950
|
900
|
1500
|
1250
|
Detallarni bichishda o’yish presslarini qo’llash bichish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.
To’shamani bo’laklarga bo’lish hamda ulardan yirik detallarni qirqib olish vertikal va disk pichokli ko’chma bichish mashinalarida bajariladi. Jun va ip gazlamalar, qotirma materiallar to’shamalarining balandligi 160 mm dan oshmagan to’shamalar vertikal pichoqli ko’chma mashinalarida bo’laklarga bo’linadi. Tabiiy va suniy ipak gazlamalar, ko’ylakbop ip va boshka gazlamalar balandligi 30 mm dan oshmagan to’shamalarni bo’laklarga bo’lish uchun esa disk pichoqli ko’chma bichish mashinalari ishlatiladi. Engil gazlama va tabiiy tolali gazlamalarni qirqish uchun EZD-1 disk pichoqli mashina, sintetik tolalari bor gazlamalar uchun-EZDM-2, trikotaj polotnolar uchun-EZM-2, CS-529 ishlatiladi. To’shamalarni bo’laklarga bo’lish vaqtida to’shama qavatlari siljib ketmasligi uchun ular qisqichlar bilan siqib qo’yiladi. To’shama qavatlari tasma pichoqli mashina oldiga turli usullarda tashiladi, tashish vaqtida to’shama qavatlari siljib ketmasligiga etibor berish lozim. Buyumni o’rta va mayda detallarini uzil-kesil qirqib olish uchun tasma pichoqli mashina ishlatiladi. Bu mashinalarda pichoq tig’ini charxlaydigan, ishchi qo’lini jaroxatdan saqlaydigan moslamalar mavjud. Bichiqlar sifatli bichilishi va mexnat xavfsiz sharoitini yaratish uchun detallar pachkasini ustiga andoza qo’yib bichiladi. Andoza qo’ymay bichiladigan bo’lsa, mashina tasma - pichog’i belgi chiziq o’rtasidan o’tishi kerak.
Tikuv buyumlar detallari bichib olingandan so’ng ularni sifat tekshirish stollariga o’tqaziladi va bichiqlar sifati nazoratchi tomonidan andoza yordamida tekshiriladi. Buning uchun to’shamaning ustki, o’rta va ostki qavatidan detal olib andoza bilan solishtirib ko’riladi. Bunda andoza va detallarni tanda ip yo’nalishi to’g’ri kelishi kerak. Detal qirqimlari andoza qirqimlariga nisbatan ruxsat berilgan og’ish qo’yidagicha o’rnatilgan, mm: elka qirqimida, eng va yoqa o’mizida, eng qiyamasida ± 1;yon qirqimda, ort bo’lak o’rta qirqimida, eng tirsak va old qirqimida ± 2;eng uchida, old va ort bo’lak etak qirqimida,astar va qotirma qirqimlarida ± 3.Nosimetrik detallar simmetrik o’qi bo’ylab qirqimlarini tekislab, bukib tekshiriladi. Uloqlari bor detallarda chok xaqi berilganligi tekshiriladi. Kertiklar uzunligi 0,5 mm dan oshmasligi kerak, uning joylanishi esa ± 2 mm surilishi mumkin. Nazoratdan o’tgan bichikning yo’l varagiga nazoratchi shtamp qo’yadi. Bichiqlarning sifat darajasi ishchining malakasiga, to’shama sifatiga va qo’llanadigan asbob-uskunaga bog’liq.
Katak va yo’l-yo’l gazlamalardan bichilgan buyumlarning detallaridagi guli to’g’ri keltirib tekislab qirqiladi. Katak va yo’l-yo’l gazlamalarda yaqq ol ko’zga tashlanadigan guli detallarda qo’yidagicha joylanishi kerak: old bo’lakda- old bo’lak o’tar qismi chizig’iga parallal; adip qaytarmasida-adip ziyiga parallel; o’rta choki bor ort bo’lakda-ort bo’lak o’rta qirqimiga simmetrik; to’g’ri bichiqli shimlarda – yon qirqimining tiza chizig’idan pochasigacha tushadi; listochka, cho’ntak qopqoq, qoplama cho’ntaklarda- asosiy detalning guliga to’g’ri tushishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |