Nazorat savollari. 1. Bichuv sexida bajariladigan texnologik operatsiyalarni tartibiga ta’sir etadigan omillar.
2. Nuqsonli gazlamalarni to’shash va bichishni o’ziga xosligi.
3. Bichuv sexining yakuniy operatsiyalari.
II. AMALIY MASHG’ULOTLARI MATERIALLARI 1-Amaliy mashg`uloti Mavzu: MODEL TANLASH VA ASOSLASH. ISH MAZMUNI:
Zamonaviy moda yo’nalishini o’rganish
Buyumga qo’yiladigan talablar
Topshiriqqa va moda yо’nalishiga asosan modelni yaratish, tasnifini berish
Modelni detallarga ajratish.
Uslubiy ko’rsatma
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqda ko’rsatilgan uslubiy qo’llanma bo’yicha modelga ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda bir vaqtning o’zida tikish uchun mo’ljallab, bir necha modellar tanlanadi.
Modellar asosan hozirgi kunda tikilayotgan yoki ishlab chiqarishda tushurishga mo’ljallanganlardan tanlab olinadi va bunda moda yo’nalishi, maqsadga muvofiqligi, texnologiyabopligi va iqtisodiyligi ko’zda tutiladi.
Modelni texnologiyabopligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Model texnologiyabop deganda, buyum konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga mos keladigan, ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori mexnat unumiga imkon beradigan, kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularni yig’ishning eng murakkab usullarida foydalanish imkoniyatini beradigan deb tushuniladi.
Ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlar uchun tanlangan modellar sermexnatligi bir-biriga taqqoslash yo’li bilan asoslanadi. Katta quvvatli ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda tikiladigan modellarni sermexnatligi bir-biridan 15% dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Iste’molchi talablari
Ekspluatatsion talablar – kiyim modelini vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamligi;
Estetik talablar – moda yo’nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezak materiallar ishlatilganligi, iste’molcxilarning estetik didlarini qondira oladiganligi;
Gigienik talablar – kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, kiyim ostidagi nam-teridan yoki tashqi nam ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, tuzilishi qulayligi, kiyimning normal fiziologik funksiyalariga halaqit bermasligi.
Iqtisodiy va ishlab chiqarish talablari
Texnologiyabopligi – kiyim tikish jarayonida eng murakkab va samarali tikish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradigan;
Bir nechta modeldagi buyumlarni tikishda tikish usullari va ketma-ketligi o’xshashligi;
Ishlatiladigan asbob-uskuna bir turli ekanligi;
Buyumlarni tikilishiga sarflanadigan vaqt bir-biridan 10% ortiq farq qilmasligi;
Buyum modellarini tikish uchun ishlab chiqarish oqimiga tushurish ketma-ketligini bir xillik koeffisientini hisoblab belgilash.