To’shash va bichish jarayonlarini avtomatlashtirish. Buning uchun turli avtomatik to’shash- bichish komplekslari ishlatiladi ( ANRK). ANRK o’z ichiga: to’shash stoli, to’shash mashinasi, to’shamani to’shash stolidan bichish stoliga o’tkazash qurilmasi, kerakli qurilma va mexanizmlar bilan ta’minlangan bichish stoli, avtomatik bichish qo’rilmasini ( ba’zan detal bog’lamlariga tamg’a qo’yish qo’rilmasi) oladi.
ANRK ni qo’llashda to’shash va bichish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
- gazlamalarni to’shash. Bunda stol ustiga havo o’tkazmaydigan qog’oz yozilib gazlama mashina yordamida to’shaladi.
- to’shamani stolning to’shash zonasidan bichish zonasiga o’tkazish. Bunda operator buksir qo’rilmasi yordamida to’shamani bir chekasidan to’g’rilab tortib turib o’tkazadi.
- to’shamani bichishga tayyorlash. Bunda operator to’shama sifatini tekshiradi, kerak bo’lsa to’shama qavatlarini tekislaydi. Buksirni orqaga qaytish vaqtida, unga o’rnatilgan polietilen plenka to’pidan, to’shama ustiga yopiladi va vakuumni hosil qilish uchun maxsus qurilma ishga tushirilib, to’shama siqiladi va bu bilan uning qavatlari siljishdan saqlanadi.
- detallarni bichish. Andozalar joylashmasida ko’rsatilgan shifrni operator tergandan so’ng bichish operatsiyasi avtomatik ravishda bajariladi.
Avtomatik bichish qurilmasi vitochka, cho’ntak o’rnini belgilash kabi operatsiyalarni bajaradi. Buning uchun mashinada qirqish vositasidan tashqari maxsus parma o’rnatilgan. Detal pachkalarini tamg’alash uchun mashinada maxsus yozish qo’rilmasi bo’lishi mumkin. Agar bunday qurilma bo’lmasa tamg’alash operatsiyasi qo’lda bajariladi.
Materiallarni lazer nuri, mikroplazma oqimi yordamida va elektr uchquni bilan bichish mumkin. Lazer usulida bichish gazlamalarga termik ta’sir etishga asoslangan. Bu usulda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi. Shuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi. Lazer nuri yordamida bir qavat gazlama ham, to’shama ham ketma-ket va parallel usullarda bichilishi mumkun. Bu usulda gazlamalar yalang qavat bichilsa, bir qator texnologik operatsiyalarga ixtiyoj qolmaydi. Gazlamalarni to’shamasdan uzluqsiz usulda bichish eng istiqbolli usul xisoblanada. Dastur orqali boshqariladigan to’shamasiz usulini qo’llash mexnat unumdorligini oshiradi, gazlamalarni tejaydi, ishlab chiqarish satxini toraytiradi.
Hozirgi kunda gazlamalarni katta bosim kuchi bilan otilib chiqaetgan ingichka suv oqimili avtomatik qurilmada bichish mumkin. Bu usulda kesib olingan detallar vakuum so’rilish yordamida konveyer to’planish joyiga olib boradi.
Gazlamalarni kontaktsiz bichish usulini yana biri- bu elektr uchkunlardan foydalanib bichish.
Plazma usuli gazlamalarni qirqish turiga qarab lazer usuliga o’xshab ketadi, ammo bichish tezligi unga nisbatan kamroq bo’ladi. Mikroplazma yordamida bichish lazer usuliga nisbatan arzonroq va boshqarish osonroq bo’ladi.
Mexnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida avtomatik ishlaydigan bichish mashanalari yaratilgan. Ular tikuvchilik korxonalarida yuqori sifatli bichish jarayonni ta’minlab beradi. Bu tur mashinalaridan biri AqSh ning « Gerber» firmasida chiqarilgan «Gerbereuttec S-94» bichish avtomati. Bu avtomat duxoba, taralmagan trikotaj polotno, neylon tolali gazlama va noto’qima materiallardan ko’p kavatli to’shamalarni bichishga mo’ljallangan.
Bunday avtomatni ko’llash natijasida bazi texnologik operatsiyalarni yo’qotish xisobiga mexnat unumdorligi oshadi. Avtomatning unumdorligi besh bichiqchining ish unumiga teng keladi.
Hozirgi kunda bir qator avtomatik ishlaydigan bichish mashinalari yaratilgan: Germaniyaning ,,Krauss firmasida chiqariladigan Zat qurilmasi, Kurigzat avtomati, Bu Liter-Syst 200 avtomati, AQShda chiqarilgan “Gerber technology” S-91 High-Ply Gutter, DCS 3500 qurilmasi, “Investronika” firmasining (Ispaniya ) Invescut CV 020 va boshqa turlarining tasnifi 34- jadvalda keltirilgan.
Tekshirilgan detallar buyumga qarab o’lchami va bo’yi bo’yicha yig’iladi, ya’ni komplektlanadi va har bir detalga tartib raqami belgilanadi. Detallarga tartib raqam oddiy qalam bilan, bo’r bilan, oson yuviladigan bo’yoq bilan tamg’a yordamida yoki tartib raqam tushirilgan qog’oz chiptasi tikib qo’yiladi. Katta detallarga qog’oz chipta detal o’ngi tomoniga, mayda detallarda – pachkaning birinchi va oxirgi detaliga tikiladi. Bo’r, bo’yoq yoki qalam bilan qo’yiladigan tartib raqam detalning teskari tomoniga qo’yiladi.
Avtomatlashtirilgan bichish uskunalarining tasnifi
15.4- jadval
Rusumi
Ishlab chiqaruvchi
To’shama uzunligi
(max),m
Bichish zonasining eni,mm
Siqilgan xolda to’shama balandligi
(max),mm
Qirqish tezligi
(max),m/s
eslatma
ARU “ Sputnik”
ZAO” Avial”, OAO “ Semenov i K” Jukovskiy sh.
18
1800
75
0.5
Bichish stoli-modul yig’ilmasi
S-91 High-Ply Gutter
“Gerber technology”, AQSh
8.1
3000
76
0.5
Bichishni avtomatik nazorat qilish
DCS 3500
“Gerber technology”, AQSh
Chegaralan-
magan
2500
75
1.1
Konveyer tipidagi bichish tizisi
Invescut CV 020
“Investronika” Ispaniya
Chegaralan-
magan
3000
75
0.5
Gazlama gulini avtomatik keltirish
Bichish sexining asosiy xujjati bichish kartasidir. Bichish kartasi tayyorlov sexining xillash bo’limida to’ldiriladi va materiallar bilan bichish sexiga yuboriladi.
Bichiqlarning har bir pachkasiga yo’l varag’i to’lg’iziladi. Bundan tashqari preyskurant yorlig’i nashr etiladi va kalkulyatsion chiptasi to’ldiriladi. Bir pachkaga yig’ilgan buyumning bichilgan detallari ( avra, astar, qo’shimcha matariallar) va yo’l varag’i bilan birga bog’lanadi va bichiqlar omboriga yuboriladi. U erdan esa bichiqlar tikuv sexiga tartib bilan beriladi.
Tikuv korxonalarida SAPR va ANRK larni qo’llash qo’lda to’shash shuningdek bichiqlarni statsionar va ko’chma bichish mashinalirida bichishni imkor etmaydi. Masalan, qotirma materiallarni to’shashda to’shash mashinasi etarli darajada yuklanmagini uchun to’shamani qo’lda bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuning uchun gazlamalarni to’shash va bichish texnologik jarayoni, tikuv buyumlarni loyixalashda bir qator muamolarni echadigan moslanuvchi tizimda ko’rsatish mumkin (55 - rasm. ).
Bichiq detallar komplektlangandan so’ng nomerlanadi. Detallarni nomerlash uchun 68-A kl mashinasi ishlatiladi. Talonlar bitta ipli zanjir chok bilan tikiladi. Mashinani asosiy valini bir minutdagi aylanishlari soni quyidagi operatsiyalar ketma–ket bajariladi: qog’oz tasmada tartib raqamni tamg’alash, talonni tepki ostiga qo’yish, talonni qirqish, talonni tikish, tartib raqamni keyingi tartib raqamga o’tkazish, ipni qirqish, tepkini ko’tarish, mashinani dastlabgi holatida to’xtash.
Elim qoplangan talonlarni METO, EASI ( SShA), PRIX (Italiya) rusumli raqamlash mashinalarida bajariladi.
Detallarga nomer qo’yish mashinasi “METO”
Detal qirqmlariga mag’iz chok bilan ishlov berish uchun mag’iz mahsus mashinada avval qirqib, rulon shaklida tayyorlab olinadi. Buning uchun LU-911-B (Taiwan) mashinasi ishlatiladi.
Tasma qirqish mashinasi
Detallarni tekislab qirqish uchun LEJIANG WD-2, ZOJE ZJ 8-1, LEJIANG YJ -70A rusumli qirqish pichoqlarini qo’llash mumkin