Milliy qadriyatlar – millat iftiхоri


O‘zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə4/5
tarix10.12.2022
ölçüsü64,5 Kb.
#73602
1   2   3   4   5
O‘zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam
O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi. 
1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «oXshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 
2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da’vat qilganlar. Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skaner kabi. Bularning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda.. 
Topshiriq.O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha). 
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala. 
Topshiriq. Tilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ikki xil baza asosida paydo bo‘ladi: tilning ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so‘z olish natijasida. E’tibor bering! 
1. Tojik tilida 2. O‘zbek tilida 
chorpoya so‘ri 
olov o‘t 
chopon to‘n 
kissa cho‘ntak
dasta sop
buqa novvos 
oftob quyosh 
osmon ko‘k 
Tojik tilidan so‘z o‘tishi natijasida qo‘shma va juft so‘zlar ham paydo bo‘lgan. Bosh (pana), qon (xo‘r), qo‘sh (nay), shirin (so‘z), yalang (bosh), qahr-g‘azab, to‘y-tomosha, sog‘-salomat, achchiq-chuchuk. 60-mashq. Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zbek tilining leksik qatlamiga o‘zlashganligini lug‘at yordamida aniqlang. Bu so‘zlarning o‘zbek tilida qo‘llanilish sabablarini tushuntiring. Sport taym, lizing, aviatsiya, garaj, okean, xorijiy kompaniyalar, firma, kooperativ, avans, sug‘urta, aksiya, apelsin, limon, lenta, pyesa, epos, kokteyl, obyekt.
Topshiriq. O‘zbek tiliga oid bo‘lgan quyidagi turkiy so‘zlarni uch guruhga ajratib ko‘chiring. 

  1. Tub so‘zlar. 2. Aslida yasama, hozirda bir o‘zakni tashkil qiluvchi so‘z.3. Yasama, qo‘shma, juft so‘zlar. 

Tush, ish, bor, kel, uch, qush, bugun, bog‘ich, qalin, burun, ochko‘z, bo‘yinbog‘, bog‘lash, iturug‘, ayg‘oqchi, bola, dala, ertaga, to‘ng‘ich, kunbotar, miskar, tuz, baldoq, oltov, to‘ng‘iz ... Yuqoridagi so‘zlarni siz ham davom ettiring. Tayanch tushunchalar o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari, ichki manba, tashqi manba, arabcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, ruscha-baynalmilal so‘zlar.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin