Milliy qadriyatlar va tarixiy me`rosning tiklanishi reja


Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot, me`morchilik, amaliy san`at, kino va ravnaqi Ta`lim ravnaqi



Yüklə 36,63 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü36,63 Kb.
#173593
1   2   3
MILLIY QADRIYATLAR VA TARIXIY ME`ROSNING TIKLANISHI

2. Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot, me`morchilik, amaliy san`at, kino va ravnaqi Ta`lim ravnaqi.
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e`tibor berildi. 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” qqonuni hamda 1991- 1996 yillarda e`lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta`lim sohasida qator o`zgarishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta`lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog`chalari hamda “bolalar bog`chasi-maktab” majmui tarmog`i rivojlandi. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san`ati, komp`yuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. “Sog`lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta`lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta`lim jarayoniga tadbiq etila bordi. Oliy ta`lim sohasida ham ko`plab yangi o`quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 fevpaldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. eng zarur zamonaviy mutahassislar bo`yicha yangi oliy o`quv yurtlari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997 yil boshlarida Respublika Oliy ta`lim tizimida 58 ta oliy o`quv yurti, shu jumladan 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko`rsatdi. Ularda 164 ming talaba o`qidi, 18,5 ming professoro`qituvchi faoliyat ko`rsatdi. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etildi. Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, ularning chet elda o`qishini qo`llab quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Umid”, Respublika bolalar fondi, “Kamolot”, “Sog`lom avlod uchun”, “Iste`dod” jamg`armalari tashkil etildi. Ta`lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Xususan, ta`lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo`layotgan demokratik o`zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog`lanmagan edi. O`quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta`lim muassasalarida zamonaviy o`quv adabiyotlari va dtdaktik materiallar etishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab o`quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida hamkorlik, integrasiya o`rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta`lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko`ndalang bo`lib qoldi. Prezident I. Karimov tashabbusi ta`limni isloh qilish yo`llari ishlab chiqildi. I. Karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 1X sessiyasida “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma`ruza qildi. Ma`ruzada oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizni ro`yobga chiqarish taqdiri, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liq ekanligi asoslab berildi. 1997 yil 27 avgust kuni Oliy MAjlis IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi yangi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta`lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish vazifalari ro`yobga chiqarildi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillarda) Milliy dastur to`liq ro`yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillarda) to`planga tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxulq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Milliy dasturni ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta`lim faoliyati tubdan o`zgardi. Xususiy va xonadon bog`chalari tarmog`i kengaydi. Respublika bo`yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta`lim muassasalarida, xo`jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2002 yillarda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyat ko`rsatdi, ularda 608500 nafar o`g`il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar faoliyat ko`rsatdi. O`zbekiston hukumati ta`limni rivojlantirish uchun katta mablag` ajramoqda. Birgina 2001 yilda ta`lim harajatlari davlat byudjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ta`lim uchun 150 mln. AQSh dollaridan ziyod chet el investiciyasi sarflandi. Ular yangi ta`lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o`quv laboratoriya uskunalari va o`quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Mustaqillik yillarida 848398 o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 2244 ta yangi umumta`lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Respublikamizda 9661 umumta`lim maktablarida 6 mill. Yaqin o`quvchi ta`lim-tarbiya olmoqda. Kadarlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O`zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichi – 1997-201 yillarda 216 ming o`quvchi o`rniga ega bo`lgan 44 ta akademik licey va 291 ta kasb-hunar kollejibarpo etildi. Oliy ta`lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 2001-2002 o`quv yilida 62 ta oliy o`quv yurtida 180 mingdan ortiq bo`lajak bakalavrlar va 5 mingdan ortiq magistrantlar ta`limtarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o`qituvchilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko`maklashish, qo`llab-quvvatlash bo`yicha davlat siyosati yuritilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan”Umid” jamg`armasi yo`llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga yuborildi. Ulardan 519 davlatlarning oliy o`quv yurtlariga o`qishga yuborildi. Ulardan 519 nafari bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo`llanmasi asosida vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqda. 2002 yil iyulda Toshkentda Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi. Ta`lim muassasalarining Yevropadagi ta`lim jamg`armasi, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi, YuNESKO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSh, Angliya, Franciya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta`lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta`lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSh dollari hajmida chet el investiciyalari jalb etildi. Oliy o`quv yurtlarining yuzlab professor-o`qituvchilari “Ustoz” jamg`armasi bilan xorijiy oliy o`quv yurtlarida malaka oshirib keldilar. O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg`otmoqda. Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V. Shukshunov O`zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning o`zbek modeli” deb e`tirof etildi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an`analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo`ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o`zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo`lib qoldi. Badiiy adabiyot rivojiga H. Karomatovning “Qur`on va o`zbek adabiyoti”, O. Sharofiddinovning “Cho`lponni izlab”, B. Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta`sir etdi. A. Oripov, O. Yoqubov, P. Qodirov, X. Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, p`esa va qissalarida ulug` bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar” romanida, Nazar eshonqulovning “Qora kitob” povestida, O`. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, T. Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g`am- alamlar haqqoniy tasvirlangan. T. Malikning “Shaytanat”, H. Shayxovning “Tutqin odamlar” asar larida iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg`ulari tarannum etladi. Me`morchilik va amaliy san`at. O`zbek xalqi me`morchiligi mohiyat e`tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me`morchilikning an`anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o`z aksini topgandir. Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me`morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo`lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”, “Interkontinental`”, ” Sheraton” mehmonxonalari, “O`zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, “Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo`yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi. O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadalik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o`nlab binolar, obidalar misol bo`laoladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik licey va kasb- hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. Jabbarovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy” (1994, Toshkent), “Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmuakompoziciyasi (A.Rahmatullaev vaboshqalar) bunyod etildi. O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik, bezakchilik kabi amaliy san`at turlari tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san`ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 1997yilda tashkil etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur, MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda “O`zbekfil`m” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llabquvvatlanishi kino san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja singal” va boshqa fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta davlat va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. “O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, “O`zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg`ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular jumlasidandir.

Yüklə 36,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin