Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida takomillashtirib turishi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tamon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .