Inventarizatsiya o\'tqazishga qo\'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari
I.Inventarizatsiya xaqida tushuncha Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini aniqlab, hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali nazoratni ta’minlash hamda boshqarish usuli.
Inventarizatsiya o‘tkazish O‘zbekistonda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunga muvofiq «Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi» (16-modda). Agar buxgalteriya balansining barcha moddalari to‘liq inventarizatsiya qilinmagan bo‘lsa va bunday inventarizatsiya natijalari buxgalteriya hisobotiga kiritilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisoboti haqiqiy hisoblanmaydi. Qonundan kelib chiqadigan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida №19 «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19- oktabrda №EG./17-19-20-75-sonli buyruq bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol-mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’i nazar, barcha korxonalar har yili yillik hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, tugallanmagan kapital qurilishlar, Tovar Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini aniqlab, hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali nazoratni ta’minlash hamda boshqarish usuli.
Moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart» (22 - punkti) deb belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga (O‘zR Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1- sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari, inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi normaniv-huquqiy tizim shakllangan . Inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad korxona balansida aks ettirilgan barcha tovar-moddiy boyliklar, kassadagi va bank schotlaridagi pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, kelgusi davrlar xarajatlari, fondlar, zaxiralar summalari hamda balansdagi boshqa moddalarning haqiqiy baholanganligini aniqlashdan iborat. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uni ahamiyati va turlari.
Korxonada mavjud boʼlgan mulkliklar saqlanishini taʼminlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob maʼlumotlari nechogʼlik xaqikiyligi, toʼgʼriligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya oʼtkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablagʼlari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi maʼlumotlar albatta, xaqikiy maʼlumotlar asosida boʼlmogʼi lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi oʼtkazilmogʼi shartdir. Inventarizatsiya - korxona mablagʼini tekshirib, roʼyxatga olish va olingan maʼlumotlarni hisob maʼlumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya oʼtkaziladi, bunga sabab yillik balans maʼlumotlarini xaqiqiyligini taʼminlashdir. Аmmo qoʼyidagi holatlarga ham eʼtiborni qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har
oyda nventarizatsiya qilinadi. Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida oʼz aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya oʼtkazish muddati va obʼekti koʼrsatilgan roʼyxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi.
Bu roʼyxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda boʼladigan inventarizatsiya komissiya aʼzolari tarkibi ham tuzilgan boʼladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya oʼtkazish haqidagi roʼyxat boʼyicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa, qoʼyidagi hollarda oʼtkaziladi:
1. moddiy javobgar shaxs oʼzgarganda;
2. moddiy javobgarlikning brigada usulida:
a) 50 % brigada aʼzolari oʼzgarganida;
b) brigada boshligi oʼzgarganida;
3. yongʼin, tabiiy ofatlar roʼy berganda, ular tugatilgan zahoti;
4. oʼgʼirlik haqida maʼlumot olingan zahoti;
5. mulkchilik shakli oʼzgarganda;
6. inventarizatsiya oʼtkazilishi haqida moddiy javobgarlik brigada
aʼzolaridan ariza olinganda;
7. boyliklar buzilishi aniqlanganda;
8. boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;
9. asosiy vositalar ijarasi roʼy berganda (asosiy vositalar
inventarizatsiyasi);
10. korxona tugatilayotganda