Milliy tadqiqot universiteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan


III.Inventarizatsiya turlari, Inventarizatsiya o'tqazish bosqichlari



Yüklə 89,68 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü89,68 Kb.
#196859
1   2   3   4   5   6
Inventarizatsiya o\'tqazishga qo\'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari

III.Inventarizatsiya turlari, Inventarizatsiya o'tqazish bosqichlari
Hisob obyektlarini qamrab olish hajmiga ko‘ra inventarizatsiya to‘liq va qisman o‘tkaziladi. To‘liq inventarizatsiya barcha hisob obyektlarini (aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar va h.k) to‘liq qamrab oladi. To‘liq inventarizatsiya nisbatan uzoq vaqt davom etadi va sermehnat jarayon hisoblanadi. Chunki bunda barcha moddiy va nomoddiy qiymatliklar, pul mablag‘- lari, olinadigan va to‘lanadigan schotlar hamda korxonaga tegishli bo‘lmagan mablag‘larning barchasi (ijaraga olingan asosiy vositalar; mas’ul saqlash uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar; qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar va h.k.) tekshirilishi lozim. Qisman inventarizatsiya esa aktivlar, passivlar yoki hisobkitoblarning bir qismini o‘z ichiga olishi mumkin. Qisman inventarizatsiya yil davomida bir necha marta o‘tkazilishi mumkin. Bu dastlabki hisob hujjatlarining ma’luotlarini aniqlashtirish, moddiy javobgar shaxslar ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish va suiiste’molliklarga barham berishga imkon yaratadi. Obyektlarni qamrab olishining to‘liqligiga ko‘ra inventarizatsiya tanlab yoki yoppasiga o‘tkaziladi. Korxonada moddiy qiymatliklar miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda inventarizatsiya tanlab o‘tkaziladi. Tanlab inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad tovar-moddiy qiymatlar saqlanishi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan omborxona hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish hisoblanadi. Yoppasiga inventarizatsiya korxonaning barcha bo‘linmalarida, shu jumladan, alohida balansga ajratilgan bo‘linmalarda ham bir vaqtda o‘tkaziladi. Inventarizatsiya tayinlanishi va tavsifiga ko‘ra reja bo‘yicha, rejadan tashqari, takroriy va nazorat-tekshiruv kabi turlarga bo‘linadi. Rejali inventarizatsiya, odatda, oldindan belgilab qo‘yilgan muddatlarda reja(jadval)ga muvofiq o‘tkaziladi. Rejadan tashqari (to‘satdan) inventarizatsiya esa korxona rahbariyatining farmoyishi, nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra zarur hollarda o‘tkaziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya tayinlanganida oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya vaqti va uning natijalari inobatga olinadi. Odatda, bunday inventarizatsiya moddiy javobgar shaxslar almashganida yoki moddiy boyliklarning qabul qilinishi va berilishida qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risida rahbariyatga bildirilganida yoki boshqa turdagi suiiste’mol qilish hollarida o‘tkaziladi. Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanish oldidan ham inventarizatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, rejadan tashqari inventarizatsiya tabiiy ofat (yong‘in, sel, suv toshqini), o‘g‘irlik, moddiy javobgar shaxslarning ta’tilga chiqishi yoki kasal bo‘lish hollarida ham o‘tkaziladi. Takroriy inventarizatsiya o‘tkazilgan inventarizatsiyaning ishonchliligi, haqqoniyligi va sifatiga shubha vujudga kelgan hollarda tayinlanadi. Inventarizatsiya jarayoni yakunlanganidan so‘ng inventarizatsiya o‘tkazishning to‘g‘riligi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxonalar ochilishidan oldin nazorat tekshiruvidan o‘tkazilishi shart. Bunday 220 tekshiruv tekshirilgan mulklarning 10% idan kam bo‘lmagan qismini qamrab olishi lozim. Natijalar bo‘yicha tafovutlar aniqlanganda korxona rahbari inventarizatsiya o‘tkazgan komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxslardan tushuntirish xati talab qilishi lozim. Qo‘shib yozish va boshqa suiiste’mol qilish hollari aniqlanganida korxona rahbari inventarizatsiya komissiyasini tarqatib yuboradi va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini hal etadi. Shundan so‘ng yangi inventarizatsiya komissiyasi tayinlanadi.

Tekshiruv obyektlari bo‘yicha inventarizatsiya quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
 asosiy vositalar;
 pul mablag‘lari;
hisob-kitoblar;
 tovar-moddiy qiymatliklar;
 tugallanmagan ishlab chiqarish.
Bulardan tashqari, korxonalarda permanent inventarizatsiya ham o‘tkaziladi. Bunda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarning qoldiqlari eng kam miqdorda qolgan vaqtlarda inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya o‘tkazishda mehnat xarajatlari kam sarflanadi va Tovar- moddiy boyliklarning kamomadi (yoki oshiqchaligi) zudlik bilan aniqlanadi. Butun inventarizatsiya jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Korxonada har yilgi inventarizatsiya yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin tayinlangan maxsus inventarizatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga ma’muriyat vakillari va inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni biladigan mutaxassislar (iqtisodchilar, muhandislar, texniklar va boshqalar) kiritiladi. Komissiya faoliyatida a’zolar to‘liq ishtirok etishlari shart. Chunki, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o‘tkazishda komissiya a’zolaridan birining ishtirok etmasligi inventarizatsiya yakunlarini haqiqiy emas, deb hisoblashga asos bo‘ladi. Komissiya a’zolari inventarizatsiya boshlanishidan oldin inventarizatsiya qilinadigan hisob obyektlari bo‘yicha barcha hujjatlar ishlov berilib, guruhlanib buxgalteriya schotlarida aks ettirilganligi; buxgalteriya hisobi registrlarida esa inventarizatsiya qilinadigan zarur qoldiqlar chiqarilganligiga ishonch hosil qilishlari lozim. Inventarizatsiya komissiyasi a’zolari inventarizatsiya ro‘yxatlariga kamomad yoki ortiqcha tovar - moddiy boyliklarni yashirib qolish maqsadida boyliklarning ko‘rinib turgan amaldagi qoldiqlari haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, inventarizatsiya komissiyasining a’zolari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Tayyorgarlik Asosiy (ish jarayoni) Yakunlash Inventarizatsiya komissiyasi tarkibi shakllantiriladi, inventarizatsiyani o‘tkazish bo‘yicha buyruq(farmoyish) chiqariladi, qiymatliklarni saqlash joylari muhrlanadi. Komissiya moddiy javobgar shaxslar ishtirokida qiymatliklarni sanoqdan o‘tkazadi va olingan ma’lumotlarni inventarizatsiya ro‘yxatiga kiritadi. Aniqlangan haqiqiy qoldiqlar va buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar solishtirilib, inventarizatsiya natijalari shakllantiriladi. Inventarizatsiya natijalari №19-BHMSning ilovalarida keltirilgan shakldagi inventarizatsiya ro‘yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy vositalar, tovarmoddiy boyliklar, pul mablag‘lari)ni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish javobgar shaxslar huzurida; shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan joylarda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha yiliga kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi, biroq u inventarizatsiya ma’lumotlaridan yillik hisobotni tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1-oktabrdan keyin o‘tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazish mumkin. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni korxona buxgalteriyasi xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi. Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan hollarda, ular asosiy vo
Yüklə 89,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin