IV.Inventarizatsiya tashkil etish, o'tqazish va natijalarni rasmiylashtirish Inventarizatsiya boshlanishida har bir inventarizatsiya qilinadigan obyekt bo‘yicha moddiy qiymatliklarning buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlari chiqariladi. Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan xonalar, qiymatliklarni saqlash joylari plombalanib, obyektga begona shaxslarning kirishi to‘xtatiladi va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi hamda ularni tamg‘alash muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan, ular tomonidan inventarizatsiya qilinadigan moddiy qiymatliklarga doir barcha hujjatlar buxgalteriyaga topshirilganligi to‘g‘risida tilxat olinadi. Chakana savdo korxonalarida naqd pul mablag‘larining qoldig‘i va kundalik pul tushumi aniqlanadi. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy boyliklarini inventarizatsiyadan o‘tkazishga tayyorlaydi (materiallar nomlari bo‘yicha ajratiladi, tovarlar va idishlar navlarga ajratiladi). Yaroqsiz holga kelgan va brak qilingan tovarlar alohida ajratiladi. Komissiya tomonidan mavjud moddiy qiymatliklar o‘lchash, tortish, sanash va h.k. yo‘llar bilan tekshiriladi va natijalari inventarizatsiya ro‘yxatlariga yoziladi. Inventarizatsiya ro‘yxatlari 3-4 nusxada rasmiylashtiriladi. So‘ngra aniqlangan haqiqiy qoldiqlar buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar bilan solishtiriladi. Inventarizatsiya natijalari dalolatnoma yoki taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun korxonada doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. Uning tarkibi quyidagicha:
korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
tarkibiy bo‘linmalar (xizmatlar) boshliqlari;
jamoatchilik vakillari.
Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalarini ko‘rib chiqadi;
kamomadlar, xo‘jasizlik va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik qilgan xodimlarga nisbatan moddiy va intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida korxona rahbariyatiga takliflar kiritadi;
qayta navlash natijalarini hisobga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi;
korxonadagi moddiy qiymatliklar saqlanishini yaxshilash bo‘yicha takliflar beradi;
aniqlangan kamomad va oshiqchaliklar bo‘yicha ma’muriy tekshiruv o‘tkazish uchun komissiya tarkibini tavsiya qiladi.
Inventarizatsiyaga doir ishlar hajmi kam va korxonada taftish komissiyasi mavjud bo‘lgan hollarda inventarizatsiya o‘tkazish mazkur komissiyaga yuklatilishi mumkin. Ish hajmi katta bo‘lganda mulklar va moliyaviy majburiyatlarni bir paytda inventarizatsiya qilish uchun ishchi inventarizatsiya komissiyalari tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
korxona bo‘linmasi rahbarining vakili (ishchi komissiya raisi);
mutaxassislar (iqtisodchi, buxgalteriya xodimi, muhandis, texnolog, tovarshunos, omborchi va b.). Ishchi inventarizatsiya komissiyalari tarkibiga inventarizatsiya qilinadigan mulklarni, baho shakllanish tartibini, dastlabki hisobni va hokazolarni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi mumkin. Shuningdek, korxonaning ichki audit bo‘limi va tashqi auditorlik tashkiloti mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin. Ishchi inventarizatsiya komissiyalarining soni va tarkibi korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tasdiqlanadi (№19-BHMSga 1-ilova). – tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, olinadigan va to‘lanadigan schotlar bo‘yicha haqiqiy qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga aniq va to‘liq kiritish;
– tovar-moddiy qiymatliklarning ajralib turadigan xususiyatlarini (navi, tipi, markasi, o‘lchami, bahosi hamda texnik belgilari) inventarizatsiya ro‘yxatida to‘g‘ri aks ettirish;
– inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda korxona buxgalteriyasiga belgilangan tartibda taqdim etish. Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari kamomad va oshiqchaliklarni yashirish maqsadida qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin komissiyalar a’zolariga buyruqdan ko‘chirma, raislariga esa plombalagich topshiriladi. Buyruqda inventarizatsiya o‘tkazish ishlarining boshlanish va yakunlanish muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiyaning qanday turi oʼtkazilayotganligidan qatʼiy nazar, uni oʼtkazish haqida korxona rahbari buyrugʼi tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan boʼlishi lozim: buyruq tartib raqami, korxona nomi, buyruq yozilgan muddat, inventarizatsiyaoʼtkazilishi lozim boʼlgan boʼlim, inventarizatsiya obʼekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyatlar), inventarizatsiya boshlash va tugatish muddatlari, inventarizatsiya utkazish sababi, inventarizatsiya hujjatlarini buxgalteriyaga topshirish muddati, raxbar ismi va imzosi, korxona muhri. Korxonalarda inventarizatsiya oʼtkazish haqidagi buyruqlar bajarilishi ustidan nazorat taʼminlash maqsadida, roʼyxat kitobi yuritilib, uni nomi «Inventarizatsiya utkazish haqida buyruqlar bajarilish nazorat kitobi». Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiya boshlanishi muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya oʼtkaziladigan korxona, ombor, sex, boʼlim nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruq (tartib raqami, muddati), inventarizatsiya komissiyasi aʼzolari, buyruqni olinganliginitasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya oʼtkazish muddati (buyruqga koʼra, haqiqatda) tugatilishimuddati (buyruqga koʼra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari haqidabelgi dastlabki natija (muddat, yetishmovchilik, ortiqcha summalar), soʼnggi natijalar (muddat, yetishmovchilik ortiqcha summalar), natijalarni tasdiqlangan muddati, yetishmovchilik boʼyicha qabulqilingan tadbir muddati, yetishmovchilikni qoplash ishni tergovorganlariga berish, belgi qoʼyish qatori. Buyruqni olib, uni olinganligi haqida roʼyxatga imzo chekkan komissiya aʼzolari, belgilangan obʼektga borganlaridan soʼng, inventarizatsiya boshlashdan oldin inventarizatsiya muddatiga, kirim va chiqim hujjatlarini yoki moddiy boyliklar va pul mablagʼlarini harakati haqida hisobotlarni oxirgilarini olishlari shart. Inventarizatsiya komissiyasi rahbari hisob reestrlariga
(hisobtlariga) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qoʼyadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada, inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob boʼyicha moddiy boyliklar qoldigʼini hisoblashga asos boʼladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish boʼyicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilishga ishnochnomaga ega boʼlgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim. Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlar haqiqiy holati haqidagi maʼlumotlar inventarizatsiya yozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam boʼlmagan miqdorda rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya aʼzolari inventarizatsiya obʼektlari oxirgi qoldiqlarini toʼliq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya maʼlumotlarini oʼz vaqtida va toʼgʼri rasmiylashtirishlari lozim.
Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldigʼi oʼlchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. Shuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini taʼminlash shart-sharoitlarini yaratmogʼi zarur. Bunday shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xoʼjalik, tortish asboblari, va ular texnik sozligini taʼminlashlari misol boʼladi.
Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol yetkazib beruvchilar oʼrovlarida saqlanayotgan boʼlsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni baʼzi birlarigina oʼlchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan oʼtkazishi shart boʼladi. Koʼp miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya aʼzolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish vedomostlariga
maʼlumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki oʼlchash oxiriga borganda ushbu vedomostlar maʼlumotlari umumlashtirilib, jami koʼrsatkichlar inventarizatsiya roʼyxatida aks ettiriladi. Oʼlchash dalolatnomalari, texnik hisoblashish va tortish
vedomostlari inventarizatsiya roʼyxatiga ilova qilinishi shart. Korxona mulklari haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxs qatnashmogi lozimdir. Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya roʼyxatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari
orqali toʼldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni toʼldirishda oʼchirib yozishlar va boʼyashlarga yoʼl qoʼymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa obʼektlari inventarizatsiya yozuvlariga aks ettiriladi. Inventarizatsiya obʼektlari ular analitik hisobi roʼyxati boʼyicha inventarizatsiya roʼyxatiga tartib raqami, oʼlchov birligi, miqdori aks ettirilib boriladi. Аgar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, toʼgʼri yozuv aks ettiriladi va bu komissiya aʼzolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Аgarda inventarizatsiya yozuv va roʼyxatlarida, solishtirma vedomostlarida boʼsh qatorlar boʼlsa, chiziq tortilishi kerakki, bu bilan qoʼshimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya maʼlumotlarini haqiqatdan chetlanishi oldi olingan boʼladi.
Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bogʼliq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya roʼyxatini inventarizatsiya komissiya aʼzolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak. Hisob va inventarizatsiya maʼlumotlari solishtirma vedomostlarida solishtiriladi. Ortiqcha yoki yetishmovchiliklarni miqdor va qiymat koʼrinishida aks ettirish shu solishtirma vedomostlarida amalga oshiriladi.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qoʼllaniladigan hujjatlar roʼyxati qoʼyidagilardan iborat:
№ inv. 1 shakl. Аsosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi – korxona assosiy vositalar inventarizatsiya maʼlumotlarini rasmiylashtirishda qoʼllaniladi. Аktivlar joylashgan oʼrni, hamda saqlanishiga moddiy javobgar mahsulotlar boʼyicha alohida bir nusxada toʼldirilib, komissiya aʼzolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, soʼngra buxgalteriyaga topshiriladi.
№ inv 2. Shakl. Inventarizatsiya yorligi. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga koʼra inventarizatsiya komissiya aʼzolari korxona omborlaridagi xom ashe, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklarni darxol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya roʼyxatida aks ettira olmaganlarida qoʼllaniladi. Inventarizatsiya yorligi komissiya aʼzolari tomonidan toʼldirilib, hisoblangan tovar moddiyboyliklari bilan birga ular joylashgan yerida saqlanadi. № inv 3. Shakl. Tovar moddiy boyliklari inventarizatsiya roʼyxati.
Korxonadagi xom ashyolar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalarni xaqiqatdagi qoldigʼini aks ettirishda qoʼllanilib, moddiy boyliklar joylashgan oʼrni, oʼrnatilgan moddiy javobgarligi boʼyicha alohida tuziladi. Inventarizatsiya roʼyxati komissiya aʼzolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan soʼng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv 4 Shakl. Joʼnatilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga joʼnatilgan tovarlar xaqikiy qiymatini aniqlashda qoʼllaniladi. Toʼlash muddati oʼtib ketgan va toʼlash muddati yetmagan joʼnatilgan tovarlar boʼyicha alohida bir nusxadan toʼldirilib, komissiya aʼzolari imzolab, buxgalteriyaga topshiridilar.
№ inv. 5. Shakl. Maʼsul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya roʼyxati. Ushbu inventarizatsiya roʼyxati maʼsul saqlashga olingan (berilgan) tovar. moddiy boyliklar xaqikiy qiymatini aniqlashda qoʼllaniladi. Inventarizatsiya roʼyxati bir nusxada toʼldirilib komissiya aʼzolari moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan soʼng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.
№ inv. 6. Shakl. Yuldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma inventarizatsiya mobaynida yoʼlda boʼlgan mahsulotlar va tovarlar haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yoʼlda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada toʼldirilib,
komissiya aʼzolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
№ Inv - 4, inv- 5, inv - 6 , inventarizatsiya dalolatnomalari
roʼyxatlari oʼrniga buxgalteriya jurnal order vedomostlari shaklida qoʼllanilishi mumkin.
№ inv. 10 Shakl. Аsosiy vositalar tugallanmagan taʼmirlash ishlari inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma bino, inshoat, texnik-taʼminot vositalari, asbob uskunalar va boshqa asosiy vositalar obʼektlarini tugallanmagan kapital taʼmirlash ishlari inventarizasini oʼtkazishda qoʼllaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada toʼldirilib , komissiya aʼzolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
№ inv 11 Shakl. Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiya dalolatnomasi. Korxonalar kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schet maʼlumotlarini tekshirish asosida tuzilib,
imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.
№ 15 Inventarizatsiya. Pul mablagʼlari inventarizatsiya dalolatnomasi. Kassadagi naqd pullar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida oʼtkazilayotgan inventarizatsiya maʼlumotlarini aks ettirishda
qoʼllanildi. Komissiya aʼzolari qimmatbaho qogʼozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada toʼldiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya aʼzolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxs oʼzgarayotganda oʼtkaziladigan inventarizatsiya
№ 15 inventarizatsiya shakli 3 nusxada toʼldiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi.
№ 16 inventarizatsiya yozuvi. Ushbu hujjat qimmatbaho qogʼozlar va qatʼiy hisobdagi hujjatlar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida oʼtkaziladigan inventarizatsiya maʼlumotlarini rasmiylashtirishda qoʼllaniladi. Qatʼiy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yoʼl chiptalari va boshqalar misol boʼladi. Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada toʼldirilib, biri buxgalteriyaga, ikkinchisi esa qimmatbaho qogʼozlarni qatʼiy hisobdagi blankalarni moddiy javobgarlikka olayotgan shaxsda qoladi.
№ 17 inv. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar mol yetkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya maʼlumotlarinii rasmiylashtirishda qoʼllaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, tegishli schet maʼlumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya aʼzolari
tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshiriladi. Hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasida aks ettirilgan majburiyatlar turlari boʼyicha maʼlumotnoma (spravka) (inv – 17 shaklga ilova), ilova qilinishi shart. Inv – 17 dalolatnomasi shu ilova maʼlumotnoma asosida toʼldiriladi. Maʼlumotnoma buxgalteriya hisobi sintetik schetlariga alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu maʼlumotnoma korxonadagi debetorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda boʼlgan turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi. Buxgalteriya debetorlik, kreditorlik qarzlari qoldiq summalari, olingan maʼlumotnoma (spravka)lar koʼrsatkichlari bilan solishtirilgan holda № 17 inv. dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
№ 18 inv. Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya
natijalarini rasmiylashtirishda qoʼllanib, bir nusxada toʼldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi.
№ 19. Inv. Solishtirma qaydnoma hisob maʼlumotlaridan chetlashishlar aniqlangan tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qoʼllaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi. Korxona xoʼjalik mulklari inventarizatsiya maʼlumotlari va aniqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach, korxona raxbari tasdigʼidan soʼng, buxgalteriya schetlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi. Inventarizatsiya natijasida qoʼyidagilar aniqlanadi:
1. Hisob va inventarizatsiya maʼlumotlari teng:
2. Hisob maʼlumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan
maʼlumotlar yuqoriligi (ortiqcha xoʼjalik mablagʼlari aniqlanishi).
3. Hisob maʼlumotlari koʼrsatkichlari yuqoriligi: (xoʼjalik
mulklari yetishmovchiligi aniqlanishi).
Xulosa. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir. Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xoʼjalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi xususiyatlariga koʼra turkumlarga ajratiladi.
Hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qaytaishlab va umumlashtirib, guruhlashdan soʼng, arxivga topshirilguncha xarakatidir. Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan oʼtishi kerak.
Korxona boʼyicha hujjat aylanishi roʼyxati boʼyicha ishlar oʼz vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi. Korxonada mavjud boʼlgan mulkliklar saqlanishini taʼminlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob maʼlumotlari nechogʼlik xaqikiyligi, toʼgʼriligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya oʼtkaziladi.
Inventarizatsiya - korxona mablagʼini tekshirib, roʼyxatga olish va olingan maʼlumotlarni hisob maʼlumotlari bilan solishtirish demakdir.
Inventarizatsiya oʼtkazish muddati va obʼekti koʼrsatilgan roʼyxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
1.Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi toʼgʼrisida nizom. (OʼzR Аdliya vazirligi tomonidan 2004 yil 6 aprelda 1334-raqam bilan roʼyxatga olingan), SBX №26, 21.06.2004 y.
2. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʼgʼ-risida Nizom. (OʼzR Moliya vazirligining 2003 yil 23 dekabrdagi
131-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan va Аdliya vazirligi tomo-nidan 2004 yil 14 yanvarda 1297-raqam bilan roʼyxatga olingan), SBX №26, 21.06.2004 y.
3. Oʼzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari toʼplami. –Toshkent: «Norma», – 2011. –360-b.1.Safarov. B, Raxmanov.T Buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, SamDU, (334,347-chi betlar)
4.R.D.Dusmurotov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. (370.371- betlar)
5.R.O.Xolbekov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. (120.125- betlar)