Milliy tadqiqot universiteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan


II.Inventarizatsiya moxiyati , axamiyati va normativ-xuquqiy asoslari xamda uni o'tqazishga qo'yiladigan talablar



Yüklə 89,68 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü89,68 Kb.
#196859
1   2   3   4   5   6
Inventarizatsiya o\'tqazishga qo\'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari

II.Inventarizatsiya moxiyati , axamiyati va normativ-xuquqiy asoslari xamda uni o'tqazishga qo'yiladigan talablar.
Inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:  inventarizatsiya ro‘yxatlari va taqqoslash vedomostlari tuzish yo‘li bilan mulklarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;  sifat talablariga mos kelmaydigan ayrim tovar-moddiy qiymatliklarni aniqlash;  normativdan oshiqcha, ishlatilmaydigan, keraksiz va uzoq vaqt turib qolgan mulklarni aniqlash;  moddiy javobgar shaxslarni tanlash va ular bilan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilishining asosliligini tekshirish;  mulklarning saqlanish sharoitini fizik xossalariga muvofiq nazorat qilish;  omborxona xo‘jaligi va o‘lchash asboblarining holatini aniqlash;  dastlabki hisobning sifatini baholash;  dastlabki hisobni yuritish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;  balansda aks ettirilgan pul mablag‘lari, mulklar, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining haqiqiy qiymatini tekshirish. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan mulklar va majburiyatlar haqiqiy qoldiqlarining o‘rtasidagi farqlar quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:

1-rasm Mulklar va Majburyatlar haqida
Korxonalar hisobot yilida o‘tkaziladigan inventarizatsiyalar sonini, ularning o‘tkazilish sanasi, mulklar ro‘yxati va tekshiruv o‘tkazuvchilar vazifalarini yuqorida qayd etilgan qonun va standartlarga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish majburiy bo‘lgan hollar bundan mustasno.
№19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli BHMSga muvofiq quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi shart:  mulklar ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi qayta tashkil etilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) paytda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;  yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 1-oktabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mulklardan tashqari. O‘zbekiston Respublikasi № 4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan №486. 28.08.1998-y.) tovar-moddiy zaxiralar, bir yilda kamida 1 marta inventarizatsiya qilinadi. №5-«Asosiy vositalar» nomli BHMSga muvofiq (O‘zR Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan № 491, 23.09.1998-y.), asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Bulardan tashqari, quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda ham inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi:  moddiy javobgar shaxslar almashganida – ishni topshirish sanasiga, lekin xodim ishdan bo‘shaydigan kundan kechikmasdan;  o‘g‘irlik yoki suiiste’mol qilish hamda moddiy qiymatliklarning buzilish faktlari aniqlanganda – ular aniqlangan vaqtda;  tabiiy ofat, yong‘in, halokat yoki boshqa fors-major holatlardan kelib chiqqan favqulodda hodisalar – ular bartaraf etilganidan so‘ng darhol;  O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki boshqa tegishli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar. Inventarizatsiyani o‘tkazishda quyidagi talablarga rioya qilinishi shart:

2-rasm invertarizatsiya o’zkazishga qo’yiladigan talablar
Inventarizatsiyani to‘satdan o‘tkazish uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ushbu talabga rioya qilinmagan hollarda moddiy javobgar shaxslar kamomadlarning o‘rnini to‘ldirib qo‘yish, oshiqcha chiqqan mol-mulklarni yo‘qotish va mavjud kamomad va oshiqcha mol-mulklar uchun qalbaki hujjatlar tuzish kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishlari mumkin. Inventarizatsiya doimo korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlangan komissiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Komissiya tarkibi inventarizatsiya turiga qarab aniqlanadi. Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolari bevosita amaliy ishtirok etib, moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishlari lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarini buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar asosida, moddiy javobgar shaxslarning og‘zaki ma’lumotlari bo‘yicha, idishlar, qutilar va hokazolarni haqiqiy tekshirmasdan to‘lg‘azishga ruxsat etilmaydi. Inventarizatsiya uzluksiz o‘tkaziladi. Uni kun davomida uzluksiz o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda «Kalit va plombalagich» qoidasi qo‘llaniladi. Ya’ni bino komissiya ishtirokida rais tomonidan muhrlanib, kalitlar moddiy javobgar shaxsda va plombalagich komissiya raisida qoldiriladi. Inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishi shart hisoblanadi. Agar moddiy javobgarlik bir necha shaxslarga yuklatilgan bo‘lsa, boshqalarining topshirig‘iga ko‘ra ulardan biri ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.



Yüklə 89,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin