Milliy tadqiqot universiteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanidan



Yüklə 89,68 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü89,68 Kb.
#196859
  1   2   3   4   5   6
Inventarizatsiya o\'tqazishga qo\'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI”


MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI


«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI
«BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI» FANIDAN
:“Inventarizatsiya o'tqazishga qo'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari m a v z u s i d a g i


KURS ISHI


Bajardi: Sirtqi bo`lim, “Buxgalteriya hisobi va audit”
yo`nalishi 2-kurs 249-guruh talabasi Salohiddinova N.R
Kurs ishi rahbari: dotsent Tabayev A.Z.
Toshkent – 2023 y
Mavzu:“Inventarizatsiya o'tqazishga qo'yiladigan talablar va ularning meyoriy xuquqiy asoslari

Reja


Kirish

I.Inventarizatsiya xaqida tushuncha

II.Inventarizatsiya moxiyati , axamiyati va normativ-xuquqiy asoslari xamda uni o'tqazishga qo'yiladigan talablar

III.Inventarizatsiya turlari, Inventarizatsiya o'tqazish bosqichlari

IV.Inventarizatsiya tashkil etish, o'tqazish va natijalarni rasmiylashtirish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH
Buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, xususiy kapital va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Demak, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona aktivlari (mablag‘lari) va passivlari (xususiy kapital va majburiyatlar) hamda xo‘jalik jarayonlarining holati to‘g‘risida o‘z vaqtida aniq va ishonchli axborot berishi lozim. Lekin, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida haqiqatda mavjud mulkiy obyektlarning, barcha turdagi debitor qarzlarni va korxona majburiyatlarining haqiqiy qoldiqlarini ham qo‘shgan holda, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farq qilish hollari uchraydi. Bunday farqlar tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha kamomad, oshiqchalik, qayta navlash va summalardagi tafovutlar; kassadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va pul hujjatlarining kamomadi yoki oshiqchaligi; hisob-kitoblarning ma’lum uchastkalari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar qoldiqlarining hisobda oshirib yoki kamaytirib ko‘rsatilishi; asosiy ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarining oshirib ko‘rsatilishi kabi holatlarning natijalari hisoblanadi. Ushbu farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin: - haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni saqlash va tashishdagi tabiiy kamayish me’yorlaridan oshib ketishi; - uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi, kamomadi, ataylab buzilishi va yo‘qotilishi; - mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi;
Buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkashliklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar va h.k. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasi ushbu farqlarni eng qisqa muddatlar ichida aniqlashni, buxgalteriya hisobi va hisobotlarida aniqlangan farqlar natijalaridan kelib chiqadigan va ularga to‘la mos keladigan tegishli tuzatishlarni kiritishni nazarda tutadi. Buxgalteriya hisobi mol-mulklarning mavjudligi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining ishonchliligini, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarining haqqoniyligini inventarizatsiya qilish yo‘li bilan samarali nazorat qila olishi mumkin. Inventarizatsiya tushunchasi lotincha bo‘lib, «inventarium» aynan tarjimasi «xo‘jalik buyumlarining aniq va batafsil ro‘yxati» degan ma’noni bildiradi.


Yüklə 89,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin