MUNDARIJA KIRISH.................................................................................................................. I BOB. CHORVACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH………………..
1.1. O‘zbekistonda chorvachilik holati va taraqqiyot istiqbollari..........................
1.2. Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari.............................
II BOB. QORAMOLCHILIK KORXONALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH …………………................................................................ 2.1. Sutchilik qoramolchiligida mashhur zotlardan foydalanish......................
2.2.Chorvachilik korxonalarida ozuqalar sifatiga e’tibor berish................................................................................................................
XULOSA................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining ajralmas bir qismi bo‘lib, xalq xo‘jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo‘lgan sut, go‘sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko‘rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari, chorvachilik sanoat uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy ug‘it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos o‘rin tutadi. Masalan, bir sigirdan bir yilda olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy ug‘itga bo‘lgan talabini qondirish mumkin.
Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xomashyo bilan ta‟minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha xalqalarini mustahkam bog‘lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o‘simlik – o’git -hayvon – odamdan iborat bo‘lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. Qishlok xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, bir-birini tuldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon erishaolmaydilar. Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson to‘gridan-to‘gri iste’mol qila olmaydi, Shuning uchun ularni albatta qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o‘tkazilib sut, go‘sht, tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi. O‘z navbatida hayvonlar va parrandalar iste’mol qilgan oziqalari tarkibidagi 40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga chiqarib yuboradilar, Bu chiqindilar gung sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar uchun oziqa bo‘lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo‘lib qoladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalq xo‘jaligining ajralmas qismi, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachiliknining rivojlanishi o‘ziga xos xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli mulk shaklidagi chorvachilik xo‘jaliklarining faoliyat ko‘rsatishi, chorva mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha chorvachilik xo‘jaliklari o‘rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. Shu ma’noda bugungi kunda qishloq xo’jaligida chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.