Milliy tadqiqot universiteti


Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari



Yüklə 47,41 Kb.
səhifə4/7
tarix25.05.2022
ölçüsü47,41 Kb.
#59549
1   2   3   4   5   6   7
chorvachilik 14-mavzu

Chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishdagi tadbirlar yetishtiriladigan mahsulot birligiga sarflanadigan mehnat va boshqa harajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bunda birinchi navbatda ishchi-xodimlarga mehnatga haq to’lash hajmlarini me’yor darajasida belgilash, mahsulot birligiga sarflanadigan miqdorni kamaytirish va mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan olinadigan foydalilik darajasini (rentabellik) oshirish imkoniyatlari izlanadi.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko’paytirish asosida unga sarflanadigan yarajatlarni turlari bo’yicha kamaytirish eng avvalo mehnatni ilmiy asosda tashkil yetish tamoyillarini amaliyotga joriy qilish, bunda barcha tadbirlarda resurslarni tejamkor qo’llash samarali hisoblanadi.
Chorvadorlar uchun ish faoliyatida mehnat sharoitlarini yaratish, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar va vaqt miqdorini kamaytirishda muayyan texnik-iqtisodiy va ijtimoiy vazifalar amalga oshiriladi. Jumladan, chorvachilik 60 fermer xo’jaliklari yoki naslchilik xo’jaliklarida yil boshida albatta biznes-reja ishlab chiqilishi zarur va bunda eng avvalo – mahsulotlarni turlari bo’yicha ishlab chiqarish miqdorini rejalashtirish, sarf-harajatlarni me’yorlar darajasida sarflanishi ustidan doimiy nazorat va monitoring olib borish, bozordagi narx-navolar, marketing tadqiqotlari, yil natijasi bo’yicha olinadigan daromad va harajatlar, shuningdek, ishchilarning malakasi, qobiliyati, mehnat tajribasi va boshqa ijobiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishga joylashtirish, ilg‘or tajribalar va ilm-fan yutuqlarini joriy qilishni amalga oshirish barobarida ular malakasini doimiy oshirish, qo’l kuchi yordamida bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish hisobiga mehnatni engillashtirish, ishlab chiqarish va dam olish hududlarida sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish pirovard natijada ishchi-chorvadorlar salomatligini saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash va hokazolar e’tiborga olinadi.
Mahsulotlar tannarxi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda sutchilik fermasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan pul-moddiy Harajatlarning puldagi ifodasi, asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasi, shuningdek, har bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va yil yakuni bo’yicha xo’jalik faoliyatining natijalari o’z aksini topadi.
Mahsulotlar tannarxi turli omillarga bog‘liq bo’lib, ular quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblanadi:

  • mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq ishchi-xodimlarga (sog‘uvchi, molboqar, traktorchi va boshqalar) sarflangan ish haqi (yagona ijtimoiy ajratmasi bilan birgalikda);

  • sarflanadigan barcha turdagi ozuqalar miqdori va narxi;

  • boshqa turli to’g‘ri (amortizatsiya ajratmasi, asosiy ishlab chiqarish ob’ektlarini joriy ta’mirlash, yoqilg‘i, elektr enyergiya, transport xizmati, suv ta’minoti, sun’iy urug‘lantirish, zooveterinariya xizmatlari va boshqalar) dan iborat.

Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq harajatlar, jumladan boshqaruv apparatining ish haqi, umumiy ishlab chiqarish va umumxo’jalik harajatlari davriy 61 harajatlar hisoblanib, bu harajatlar fermalarning daromadi hisobidan qoplanishi ko’zda tutilgan. Chorvachilik fermalarida 1 sentner sut ishlab chiqarish tannarxida quyidagi xarajatlar maqbul tarkib hisoblanadi:

  • ish haqi (yagona ijtimoiy ajratma bilan birgalikda) – 30-32 foiz;

  • ozuqalarga sarflangan harajatlar – 44-46 foiz;

  • turli to’g‘ri harajatlar – 14-15 foiz;

  • ko’zda tutilmagan qo’shimcha harajatlar – 10-12 foiz.

Chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish natijasida harajatlar tarkibida ish haqi salmog‘i 15-20 foizgacha kamayishi, ozuqalarni tashish va tarqatish harajatlari esa 50 foizgacha oshishi mumkin. Bozor iqtisodiyotini shakllanishi davrida chorvachilik mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga erishish eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bozorlarda va savdo shoxobchalarida sut va go’sht mahsulotlarini ko’proq harid qilish hamda bu oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan harajatlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Hozirda turli dag‘al, shirali va ayniqsa konsentrat ozuqalarning bozor bahosini keskin oshishi natijasida 1 kg sutning chakana (harid) narxini 1200-1500 so’mga, 1 kg go’shtning narxini esa 12-17 ming so’mgacha ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Barcha hududlarda go’sht va sut mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish hisobiga mahsulotlarni arzonlashtirishga qaratilgan ichki zahiralarni ishga solish darkor.
2021-yil 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan OʻzLiDeP fraksiyasi bilan hamkorlikda eshituv oʻtkazildi. Unda Prezidentimizning “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, «Parrandasanoat» va «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmalari rahbarlarining axboroti eshitildi.
Taʼkidlanganidek, chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, sohada zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda davlatimiz rahbarining “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Hujjatda belgilangan vazifalarning hayotimizga keng tatbiq etilishi natijada yurtimizda chorvachilik fermer xoʻjaliklari soni 6820 taga yetdi. Shundan 100 boshgacha qoramoli mavjud xoʻjaliklar 5551 ta, 100 boshdan 300 boshgacha 1036 ta, 300 boshdan 500 boshgacha 144 ta, 500 boshdan 1000 boshgacha boʻlgani 63 ta hamda 1000 boshdan yuqori boʻlgan xoʻjaliklar soni 26 taga yetkazilgan.
Shuningdek, chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 350 ming gektar asosiy maydonga, jumladan, 56 ming gektar beda, 146,2 ming gektar makkajoʻxori, 36,3 ming gektar oqjoʻxori va 10,6 ming gektar xashaki lavlagi, boshoqli dondan boʻshagan maydonlarning 199 ming gektariga takroriy hamda 108 ming gektar maydonga oraliq ozuqabop ekinlari ekilgan.
Qayd etilganidek, oʻtgan 2020-yilda qiymati 1 trln. 800 mlrd. soʻmlik 932 ta, shu jumladan, chorvachilik sohasida 789 mlrd. soʻmlik 506 ta, parrandachilikda 348 mlrd. soʻmlik 183 ta, baliqchilikda 550 mlrd. soʻmlik 134 ta va quyonchilik sohasida qiymati 98 mlrd. soʻmlik 109 ta loyihalar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, «Parrandasanoat» uyushmasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda Andijon viloyatida “Baraka hamkor parranda” MCHJga 50 gektar, shundan, 22 gektar ozuqabop ekinlar uchun yer ajratildi va mavjud naslli parranda bosh soni 22,7 ming bosh (ROSS-308 kross) boʻyicha reproduktor xoʻjalik tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Eko agro kapital» MCHJda reproduktor xoʻjaligi tashkil etish loyihasi boʻyicha qurilish ishlari olib borilmoqda va bir kunlik naslli joʻjalarni xorijdan keltirish boʻyicha shartnomalar rasmilashtirilgan.
Qoʻmita eshituvida koʻtarilgan masalallar yuzasidan hamda deputatlarning munosabatlarini hisobga olgan holda Prezident qarorining ijrosi boʻyicha maʼsul idoralar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va xulosalar berildi hamda qoʻmita qarori qabul qilindi.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va ulaming mahsuldorlik darajasini oshirishga e'tibor berish kerak. Chorvachilik bino-inshootlarini fan-texnika yutuqlarini e'tiborga olgan holda moslashtirishga, tegishli vositalar bilan ta'minlanishiga, chorva hayvonlari yaxshi parvarishlanib, sifatli mahsulot yetishtirishda yangi texnikalar, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishiga erishish lozim. Shundagina tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilib, mehnat unumdorligining oshishi ta'minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul chorva zotlarini yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta’minlash, bunda zotli, sermahsul chorva hayvonlarini sotib olish ham kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan naslchilikni rivojlantirishga va fermer xo‘jaliklarining yuqori mahsuldorlik darajasiga ega naslli chorva mollarini chetdan (Gollandiya) keltirishlariga ko‘mak berilmoqda.
Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yem-xashak yetishtiriladigan maydonlami kengaytirib, ekinlami almashlab ekishni rivojlantirish lozim. Bunda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlaming suv ta'minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda mahalliy va mineral o‘g‘itlardan talab darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zamr. Bu masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan to'yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva hayvonlariga ozuqani ilmiy asoslangan ratsion asosida vaqtida berilishini ham tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e'tiborga olib, respublika hukumati xo‘jaliklarga iqtisodiy jihatdan ko‘maklashish yo‘llarini, mexanizmlarini ishlab chiqqan. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda chetdan moddiy-texnika resurslami keltirishda bojxona toMovlaridan ozod etish va boshqa chora-tadbirlar belgilangan. Bu jarayonda chet el investitsiyalari jalb etilishiga alohida e'tibor berish zamr. Chunki hozirgi davrda bu boradagi mavjud imkoniyatlardan to’iq foydalanish borasida ayrim kamchiliklar mavjud. Ta'kidlangan barcha masalalaming ijobiy hal etilishi tarmoqda faoliyat ko'rsatayotgan ishchi-xizmatchilaming bilimiga, tajribasiga va moddiy rag‘batlantirilishiga bevosita bog’liq. Shunday ekan, bu masalalarni hal etish mexanizmlarini, yo’llarini yanada rivojlantirish zarur. Ishchi-xizmatchilaming ish haqlarini vaqtida berish hamda ulami yetishtirgan mahsulotlari miqdori va sifatini e'tiborga olgan holda rag‘batlantirishning samarali usulini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko'rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida chorvachilik tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi. Chorvachilikni rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlarda choratadbirlarni amalga oshirish lozim:
1) Ozuqa bilan ta'minlashni yaxshilash. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- ozuqabop ekinlami mutanosib holda joylashtirishni va almashlab ekish tizimini joriy etish;
- xo‘jaliklami ozuqabop ekinlar o‘rim-yig‘im texnikalari bilan ta'minlash masalasini hal etish, chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirish lozim;
- yem-xashak ekinlarining hosildorligini oshirish;
- hududlarda chorvachilik bilan shug'ullanuvchi dehqon va fermer xo‘jaliklarini omuxta yem bilan ta'minlashda qulayliklar yaratish.
2) Naslchilikni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- chorva hayvonlari zotlarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirish;
- chorva hayvonlari naslchiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga e'tiborni kuchaytirish;
- chorva mollari zotlarining genofondini saqlash;
- chorva hayvonlari zotlarining irsiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sun'iy qochirishni keng qoilash;
- qorako’l terilaming jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh yangi tiplarini yaratish.
3) Zooveterinariya ishlarini samarali tashkil etish. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- har bir qishloq fuqarolar yigini qoshida zooveterinariya shoxobchalarini tashkil etish;
- chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash;
- yuqumli kasalliklaming respublika hududiga kirib kelishini oldini olish;
- chorva mollarini profilaktik emlash ishlarini to‘la qamrovda amalga oshirish;
- aholi va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya shoxobchalari orqali servis xizmatlari ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish.
4) Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- qo‘shimcha ish o'rinlari yaratish hamda bu mahsulotiarga boigan taiabni qondirish maqsadida go‘sht, sut, jun va teri mahsulotlarini qayta ishlaydigan mini sexlar tashkil etish;
- qorako’lchilikka ixtisoslashgan hududlarda qorako‘1 teri va jun mahsulotlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil etish;
- mazkur sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy minitexnologiya bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar tashkil etish va hokazo.



Yüklə 47,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin