Milliy tadqiqot universiteti


II BOB. QORAMOLCHILIK KORXONALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH



Yüklə 47,41 Kb.
səhifə5/7
tarix25.05.2022
ölçüsü47,41 Kb.
#59549
1   2   3   4   5   6   7
chorvachilik 14-mavzu

II BOB. QORAMOLCHILIK KORXONALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
2.1.Sutchilik qoramolchiligida mashhur zotlardan foydalanish
Sutchilik qoramolchiligini ixtisoslashtirishga o'tkazish, mavjud mollarni takomillashtirish zarurligini va yuqori mahsuldorli yangi zot yaratish kerakligini taqozo etadi. Yaratilgan yangi zotlar esa sanoat texnologiyasi sharoitiga moslashgan bo'lishi kerak.
Qoramollarni maxsuldorligini oshirish va nasl sifatini yaxshilashni 2 ta usuli mavjud:
1. Sof zotli urchitish.
2. Chatishtirish.
Mamlakatimizda va chet mamlakatlarida amaliyotda chatishtirishni ilgaridan keng qo'llab kelmoqda. Chorvachilikni qaytadan tashkil etishda bizning mamlakatimizda chatishtirishning qon singdirish usuli keng joriy etilgan. Bu usuldan tashqari yuqori maxsuldorli so'yishga mo'ljallangan mollar olish uchun esa sanoat usulida chatishtirishdan keng foydalanilmoqda. Bogdanov Y.A. (1924) shunday deb yozgan edi. Ya'ni oddiy yoki qimmatli zotni yaratishda, qon quyish usuli maqsadga muvofiqdir. Chatishtirishni bu usuli zotlarda eng yaxshi belgilari saqlab qolgan holda, yomon belgilari yoki talabga javob bermaydigan belgilarini yuqori maxsuldorli zotlardan bir marta foydalanib o'zgartirish uchun qo'llaniladi. Kuleshev P.N. (1947) ning ko'rsatishicha maxalliy mollardagi foydali belgilarni saqlab qolinsa, ularni sharoitga moslanuvchanlik qobiliyatini saqlab qolgan bo'lamiz deydi. Ularni tez yetiluvchanligini, go'sht yoki sut miqdorini ko'paytirish uchun esa madaniy zotlar qonidan foydalanilmoq lozim.
Arzumanyan Y.A. (1984) ni xabar qilishicha 1-bo'g'in duragaylar ya'ni 2 zotni o'zaro chatishtirganda har doim barcha belgilari bo'yicha yuqori bo'lavermaydi. Muallifning yozishi bo'yicha geteroziz ayrim guruxni belgisi va xususiyatlarida o'z belgisini ifoda etadi. A.Rose (1967), C.Cirinun, J.Berry (1966) o'zlarini ilmiy tadqiqot ishlarida aniqlab geterozis barcha zotlarda bir xilda ko'rinmaydi deydi. Ularning fikricha zotlararo chatishtirganda 2 ta zot ham bir xil yo'nalishda bo'lsa yaxshi natija bo'ladi deydilar. Bunda yaxshilanuvchi zotni yaxshi belgilari duragaylarda saqlanib qoladi.
Oxirgi yillarda qoramolchilik bilan naslchilik ishini olib borishda qon quyish usuli turli zotlarda qo'llanilmoqda. Turli mamlakatlarda qora ola, qizil cho'l, simmental, qizil gorbatov, lebedin va boshqa zotlarni yaxshilash uchun golland, golshtin, angler, jersey, ayrshir va boshqa zotlradan foydalanilmoqda. Ukraina, Sibrь va Rossiyaning shimoliy viloyatlari xo'jaliklarida qora ola zotini chet mamlakatlardan keltirilgan golland va golshtin zotlari bilan chatishtirilmoqda. Ukraina, Kuban, Kavkaz xo'jaliklarida qizil cho'l zotini shortgorn va angler buqalari bilan chatishtirilmoqda.
Eysner F.F. (1977) ning ta'kidlashicha, sof zotli urchtishda qon quyish usuli oxirgi yillarda juda ko'p qo'llanilmoqda. Bunda yaxshilanuvchi zotni tana strukturasi yaxshilanib yaxshilanuvchi zotda yangi tizimlar, yangi tiplar vujudga kelmoqda va bu nasl sifatini yaxshilashda qo'l kelmoqda. Hozirgi vaqtda butun dunyoda golshtin, golland, shved qora ola, nemis qora ola, dat qora ola zotlaridan keng foydalanilmoqda. Prudov A.I. va Proxorenko P.N. (1976) ma'lumoticha ushbu zotlarning maxsuldorligi turli mamlakatlarda turlichadir.
M.O.Boratov (1983), O.V.Ivanova (1986), N.I.Pikina (1987) tadqiqotlarining ko'rsatishicha, Qora-ola zotli sigirlarni Golshtin zotli buqalar bilan chatishtirishdan olingan avlodni tirik vaznini oshirishga, eksterьer ko'rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga va tanasi, gavdasiga nisbatan mutanosib rivojlangan sigirlar olishga ijobiy ta'sir etganligi kuzatilgan. Proxorenko P.N., Zavertyaev B.P. (2004) fikrlariga qaraganda qora ola zotli qoramollar podalarida golshtin zoti bilan chatishtirishdan olingan sigirlarning sut maxsulodorligini 2541 kg ga, sut yog'i chiqimi 75 kg ga, sut berish tezligini 0,25 kg/daqiqaga, buzoqlarning 18 oyligida tiirik vaznini 57,6 kg ga oshirish imkoniyatini beradi. Filatov a.V., Voloxov I.M., Paщenko O.V. (2004) tadqiqotlarida golshtin zotli buqalardan olingan duragay sigirlarning tirik vazni 1-sog'im davrida sof qora ola zotli tengdoshlarnikidan 8,4-10,1%, sutdorlik koeffitsiyenti esa 8,2-14,1% yuqori bo'lgan. Sarabkin V.G., Zubriyanov V.F. (2003), Suller I.L. (2003) xulosalariga qaraganda sigirlarning sut maxsuldorligi va tirik vazni ularning ajdodlarining ko'rsatkichlariga ko'p jixatdan bog'liq bo'lib, jaxon genofondiga xos buqalar saloxiyatidan keng foydalanish, zotlarni takomillashtirishda alohida axamiyat kasb etadi.
Misik A.T. (2005) fikriga ko'ra, sigirlar sut maxsuldorligi va tirik vaznini oshirishda jahon genofondiga xos zotlarning genetik saloxiyatidan unumli foydalanish va mollarni oziqlantirish sharoitini yaxshilash eng muxim usullardan biri bo'lib xisoblanadi.
Nosirov B.J. (1988) ma'lumoticha Bushuyev zotli sigirlarni golland zotiga mansub buqalar bilan chatishtirib olingan duragay buzoqlarning tirik vaznini 18 oyligida sof bushuyev zotli tengqurlariga nisbatan 21-26 kg (5,2%) yuqori bo'lishi , 1-tuqqan sigirlarda esa tengdoshlariga nisbatan 422-574 kg (16-21%) yuqori bo'lishi, sut berish tezligi esa 0,29 kg/daqiqa (25,2%) yuqori bo'lgan.
Mankovskiy A.N. (1991) ning olib borgan ilmiy ishi katta ahamiyat kasb etadi. Uning o'rganishicha “Mitnitsa” naslchilik zavodida maxalliy sigirlarni golland va golshtin bilan duragaylarini sut maxsuldorligi va buzoqlarini o'sishi yuqori bo'lgan. 90% gacha bo'lgan sigirlarni yelin shakli maqsadga muvofiq bo'lgan. Ayniqsa golland buqalari qoni bo'lgan duragaylarda yelin shakli yaxshi va sut bezlari kuchli rivojlangan bo'lgan. Mahalliy qora ola sigirlarga nisbatan golland va golshtin duragaylari sut maxsuldorligi pasayib ketgan xollari xam uchragan. Bu esa to'yimli oziqalarni yetishmasligi va oziqa bazasini kam bo'lishidir. H.Voc, J.Rooy (1987) larni ta'kidlashicha golland sigirlarini golshtin buqalari bilan chatishtirganda duragaylari birinchi sog'im davridayoq 5256 kg sut yoki 738 kg sof zotli golland tengdoshlariga nisbatan ko'p sut bergan. 2- sog'im davrida esa 1167 kg ko'p sut olingan. Ammo sut miqdorini ko'payishi bilan bir vaqtda sut tarkibidagi yog' miqdori birinchi sog'im davrida 0,27% ga, ikkinchi sog'im davrida 0,38% ga kamayganligi ma'lum bo'ldi. Yog' miqdorini kam bo'lishiga qaramasdan baribir duragay sigirlarini maxsuldorligi yuqori bo'lgan, maxsulot yetishtirishga sarflangan oziqa miqdori kam bo'lgan.
Duragay mollarda maxsulodorligi bo'yicha sof zotliga nisbatan 17% gacha kam brak qilingan (kam maxsuldorligi sababli) yoki 8% gacha qisirligi bo'yicha kam brak qilingan. Duragay sigirlarda sut berish tezligi ham yuqori bo'lgan. Ernst L.K. (1982) ning yozishicha, yirik masshtabli sharoitda selektsiyadan to'lig'icha foydalanmoq lozim. Jaxon genofondidan foydalanish, ya'ni qora ola mollarini golshtin bilan chatishtirib maxsulot miqdorini ko'paytirish xozirgi industrial texnologiya asosida sut ishlab chiqarishda muxim rolь o'ynaydi. Bizning mamlakatimizda chatishtirishni qon quyish usuli ham keng qo'llanilmoqda.
L.K.Ernstni ta'kidlashicha chatishtirish so'zini to'g'ri ishlatmoq lozim. Bu yerda chatishtirish zotlararo bo'lmasligi kerak. Chunki golshtin zoti qora ola zotidan yaratilgan, unga ko'p belgilari bilan yaqin turadi. Shuning uchun qora ola mollarini golshtin buqalari qochirishni zot ichidagi takomillashtirishni birdan bir usuli deb bilmoq lozim deydi.
Ko'pgina olimlarning xabar qilishlaricha qora ola mollarini golshtin zoti bilan chatishtirib olingan duragay mollar maqsadga muvofiq natijalar bermoqda. Shunday qilib golshtin va golland zotidan foydalanish xaqidagi ma'lumotlraga qaraganda 1-bo'g'in duragaylarida sut miqdorini yuqori 17 bo'lishligi bilan xaraketrlanar ekan. Ularda sut berish tezligi yuqori, yelin shaklini maqsadga muvofiq bo'lishi sof zotlilarga nisbatan ko'p ekan. Keltirilgan ilmiy tadqiqot ma'lumotlariga qaraganda bushuyev zotini kelgusida takomillashtirish uchun golshtin va glland zotlaridan foydalanib yuqori maxsuldorli podalar yaratishda, yirik sutchilik komplekslarida mexanizatsiyaga moslashgan podalar guruxini tashkil etish mumkin ekan. Shu bilan birga zot ichida maqsadga muvofiq yangi tiplar, tizimlar yaratish mumkin bo'ladi. Bu esa zotni o'z-o'zidan takomillashtirishni taqozo etgan bo'ladi.

Yüklə 47,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin