G`alla yig`adigan 1 ta kombaynga
to`g`ri keladigan g`alla maydoni
ga
52
77
40
220
Izoh: ma`lumotlar Rossiya bo`yicha 2017 yil 1,06 ga qolgan davlatlarniki 2014 yildagi.
Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o`g`itlarni sotib olishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yovvoyi o`tlar hamda zararkunandalarni ozaytirib, mehnat va mablag` sarflari kamayishini, mahsulot sifati yaxshilanishini ta`minlaydi. Shularni e`tiborga olgan holda so`nggi yillarda (2017-2021 y.) azotli o`g`itlarni sotib olish respublika bo`yicha 19,6 foizga ko`paygan, lekin fosforli o`g`itlar sotib olish 7 foizga kamaygan, shuningdek, kaliyli o`g`itlar sotib olish ham qisqargan (12-jadval).
keladigan maydon, ya`ni bajariladigan ish hajmi oshdi. Agarda 2017 yilda 1 ta haydov traktoriga 157,5 ga haydaladigan er to`g`ri kelgan bo`lsa, 2021 yilga kelib uning miqdori 84,1 foizga oshib, 290 gektarni tashkil etgan. Shu yillar ichida g`alla va paxta kombaynlariga to`g`ri keladigan maydon ham ko`paygan. Jumladan 1 ta g`alla kombayniga to`g`ri keladigan maydon 33,3 foizga oshgan. Ish hajmining shu tarzda ko`payishi mashina, traktor va kombaynlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasi oshishini ta`minladi. Bu ko`rsatkichlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha yuqori bo`lgan
Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o`g`itlarni sotib olishga alohida e`tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yovvoyi o`tlar hamda zararkunandalarni ozaytirib, mehnat va mablag` sarflari kamayishini, mahsulot sifati yaxshilanishini ta`minlaydi. Shularni e`tiborga olgan holda so`nggi yillarda (2017-2021 y.) azotli o`g`itlarni sotib olish respublika bo`yicha 19,6 foizga ko`paygan, lekin fosforli o`g`itlar sotib olish 7 foizga kamaygan, shuningdek, kaliyli o`g`itlar sotib olish ham qisqargan
Bu o`rinda ta`kdlash kerakki, qishloq xo`jalik korxonalarining mashina, traktor, mexanizmlarga bo`lgan talablari ham to`liq qondirilgani yo`q. Bu muammoni hal etish uchun mashina, traktor va mexanizmlarni qishloq xo`jalik korxonalarining talabini qondiradigan darajada sotib olish zarur. Buning uchun ularni qaysi manbalar hisobidan, qaerlardan, qanday yo`llar bilan, qanday tartibda olish mumkinligini ham bilish kerak. Qishloq xo`jaligi korxonalari o`z mablag`lari hamda chetdan jalb etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ayrimlarini qurishlari, ta`mirlashlari, ba`zilarini sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin. O`tish davrining hozirgi bosqichida korxona mablag`larining kamligi, ularning bir me`yorda shakllanayotganligi hamda sanoatda yaratilayotgan moddiy-texnik resurslar baholarining yuqori sur`atlar bilan o`sishi tarmoqdagi moddiy-texnika resurslarini shakllantirishga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Natijada qishloq xo`jaligida qo`l mehnati xarajatlari oshib bormoqda. Bu masalalarni ijobiy hal qilish qishloq xo`jaligida lizing krediti rivojlantirilishi, bu esa qishloqda lizing bilan shug`ullanuvchi firma, kompaniyalar soni ko`paytirilishini, ularning faoliyatlari rivojlantirilishini talab etadi. Lizing bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar o`z mablag`lariga qishloq xo`jaligi korxonalari uchun zarur bo`lgan texnikalarni, bino- inshoatlarni hamda boshqa asosiy vositalarni ijaraga beruvchilardan olib berishlari mumkin. Bunday xizmatlari uchun ular qishloq xo`jaligi korxonalaridan lizing foizlarini oladilar.
Lizing tashkilotlari lizing krediti foizlarini to`lash muddatlarini kechiktirishi hamda cho`zishi mumkin. Lizing kreditlarini, xizmatlarini amalga oshirishda uch tomon – asosiy vositalarni ijaraga beruvchi korxonalar, lizing tashkilotlari hamda ijaraga oluvchi qishloq xo`jalik korxonalari qatnashadilar. Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslarini shakllantirishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy mexanizmlar, masalan, davlat, mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablag`lar, imtiyozli kreditlash tizimini va boshqalarning ko`lamini kelajakda kengaytirish talab etiladi.
Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibida chorva hayvonlarining ham salmog`i ulkan. Ularning turlari, bosh soni qishloq xo`jalik korxonalarining joylashishi hamda ixtisoslashidan kelib chiqqan holda farq qiladi. Ma`lumki, qishloq xo`jalik korxonalari asosan paxtachilik va g`allachilikka ixtisoslashganligi uchun ayrimlari shaharlarga yaqin joylashgan. Shuning uchun xo`jaliklarda asosan qoramolchilik mavjud. boshqa turdagi chorva hayvonlari esa xo`jaliklarda ichki talabni qondirish maqsadida saqlanadi. Ularning bosh soni xo`jaliklarda 1996- 2000 yillar mobaynida kamayib brogan. (13-jadval).
Agarda 2017 yilda qoramol 1095,6 ming boshni tashkil etgan bo`lsa, 2020 yilda ular 13,4 foizga, 2019 yilda-22,8 foizga 2019 yilda-27,5 foizga, 2020 yilga kelib, 32,2 foizga kamaygan. Bu hol quyidagi sabablar ta`sirida sodir bo`ldi: chorvachilikda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ayrim kamchiliklarning mavjudligi. Chunki Vazirlar Mahkamasining 2014 yilda e`lon qilingan «Chorva fermalarini xususiylashtirish to`g`risida» gi qaroriga binoan chorvachilik fermalarini xususiylashtirish tez sur`atlarda boshlandi. Uning samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish ham yo`lga qo`yildi.
Lekin bu islohot ko`zlagan samarani bermadi. Chunki chorva mollarini xususiylashtirishda ularni em-xashak bilan ta`minlaydigan er maydonlari ijaraga berilmadi. Natijada chorvachilikning em-xashak bazasi mustahkamlanmadi. Shu bilan birga O`zbekistanda yetishtirilayotgan chorva hayvonlarning bosh soni saqlash masalasi ham to`liq xal etilmagan edi. Ozuqa bazasi talab darajasida bo`lmaganligi sababli chorva hayvonlarini xususiylashtirib olganlar zotli hayvonlarni sota boshlashdi. Bunday holni bartaraf etish maqsadida hozirgi davrda chorvachilikda iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilmoqda.