II. Qishloq xo`jaligida texnikalar tasnifi 2.1 Moddiy texnikalar o`rni
Lizing to‘g‘risidagi qonunchilik lizingni amalga oshirish paytida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining lizing to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli. Bunda ushbu Qonunning qoidalari qo‘shimcha lizing shartnomasida qo‘shimcha lizing beruvchiga, qo‘shimcha lizing oluvchiga va sotuvchiga nisbatan muvofiq ravishda lizing beruvchiga, lizing oluvchiga va sotuvchiga bo‘lganidek qo‘llaniladi.
Shu yillar Ichida paxta terish konbaynlari 15.1mingtdadan 12.8mingtaga kamayib, 2,3 mingtani tashkil etgan yoki 6,6 marta qisqargan. /alla kombaynlari esa 30,4 foizga kamayib, 2015 yilning boshiga 6950 donani tashkil qilgan. Qishloq xo`jalik mexanizmlaridan kul`tivatorlar soni 2017-2021 yillar mobaynida 19,7 foizga, traktor kultivatorlari – 28,7 foizga, mineral o`g`it sepgichlar esa 47,8 foizga qisqargan (1-diagramma). Respublika qishloq xo`jaligidagi mashinalar, traktorlar hamda mexanizmlar soni quyidagi sabablar ta`sirida qisqargan:
jismoniy hamda ma`naviy eskirganligi sababli hisobdan chiqarilgan;
ortiqcha hisoblangan ayrim qishloq xo`jalik texnikalari talabgorlarga sotilgan, foydalanish uchun ijaraga berilgan;
Yuqoridagi o`zgarishlar natijasida qishloq xo`jaligi texnikalariga to`g`ri keladigan maydon, ya`ni bajariladigan ish hajmi oshdi. Agarda 2017 yilda 1 ta haydov traktoriga 157,5 ga haydaladigan er to`g`ri kelgan bo`lsa, 2021 yilga kelib uning miqdori 84,1 foizga oshib, 290 gektarni tashkil etgan. Shu yillar ichida g`alla va paxta kombaynlariga to`g`ri keladigan maydon ham ko`paygan. Jumladan 1 ta g`alla kombayniga to`g`ri keladigan maydon 33,3 foizga oshgan. Ish hajmining shu tarzda ko`payishi mashina, traktor va kombaynlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasi oshishini ta`minladi. Bu ko`rsatkichlar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha yuqori bo`lgan