I bob. Moddiy-texnikaresurslarining foydalanishning nazariy asoslari tasnifi
1.1Moddiy-texnikaresurslarihaqidatushuncha,ularningahamiyati,xususiyatlari vaturkumlashtirilishi Davlatning, aholining hamda tashqi bozorning talablarini sifatli qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan qondirish uchun ularni etishtirishni ko`paytirish ob`ektiv zaruriyat hisoblanmoqda. Buning uchun talab etilgan miqdorda turli xildagi resurslar mavjud bo`lishi kerak. Masalan, er, suv, bino, inshootlar, mashinalar, traktorlar, o`rmon, bog`lar, chorva hayvonlari, tabiiy resurslar (yog`in, harorat) kimyoviy vositalar, mehnat resurslari. Lekin bu moddiy-texnika resurslari tarkibiga mablag`lar va boshqalar kirmaydi. Ular qishloq xo`jaligining moddiy- texnika resurslarini tashkil etadi. Shu resurslar yordamida qishloq xo`jaligida turli xildagi ishlar, xizmatlar bajarilib, mahsulotlar etishtiriladi. Ularning sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratish maqsadida fan-texnika taraqqiyoti amalga oshiriladi. Shuning natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan texnikalar, ilg`or texnologiyalar yaratildi.
Shu resurslarning qishloq xo`jalik ishlab chiqarishidagi ahamiyati nihoyatda ulkan. Chunki barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlarini etishtirishda erdan foydalaniladi. Demak, er bo`lmasa, yuqoridagi mahsulotlarning etishtirilishi ta`minlanmaydi. Mamlakatimiz dehqonchiligi sug`orishga asoslanganligi munosabati bilan suv resurslarining ahamiyati ulkan. Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslarini iqtisodiy mazmuni, mohiyati va barpo etilishi hamda foydalanilishi bo`yicha 3-chizmadagi tartibda turkumlashtirish mumkin. Jumladan:
– barpo etilishi bo`yicha;
– ishlab chiqarishga munosabati bo`yicha; III – ishlab chiqarishda qatnashishiga ko`ra; IV – takror ishlab chiqarilishi bo`yicha.
Demak, qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari respublika xalq xo`jaligi resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo`lsa ularda iqtisodiy bazasi kuchli bo`ladi. Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari barpo etilishi bo`yicha tabiiy va iqtisodiy resurslardan iborat. Tabiiy resurslar er, suv, o`rmon, chorva hayvonlari, issiqlik hamda yog`ingarchilik miqdoridan tashkil topadi. Ularning asosiy qismi davlat tasarrufida bo`lib, korxonalarga, fuqarolarga foydalanish uchun beriladi.
Iqtisodiy resurslar esa iqtisodiy potentsialning tarkibiy qismi bo`lib, moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslaridan tashkil topadi. Qishloq xo`jaligini:
moddiy-texnika resurslariga ishlab chiqarishning moddiy vositalari: binolar, inshoatlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o`g`itlar, urug`liklar, em-xashaklar, yoqilg`i, yog`lovchi, qurilish va boshqa materiallar kiradi.
moliyaviy resurslariga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag`lar, xo`jaliklarning joriy, valyuta schyotlaridagi, g`aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aktsiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarini amalga oshirish natijasida olinayotgan mablag`lar, ta`sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag`lar kiradi.
Ularning qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidagi o`rni va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida etishtirilishi hamda ish va xizmatlar ko`ngildagidek bajarilishi barcha resurslarning miqdoriga hamda sifatiga bog`liq. Respublika dehqonchiligi sug`orishga asoslanganligi sababli sug`oriladigan erlar va suv resurslarining ta`siri juda katta. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jrayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog`langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari talab darajasida barpo etilishiga alohida e`tibor berish zarur. Uni davlat, tarmoq va xo`jaliklar miqyosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqda foydalaniladigan va foydalanilmaydiganlarga bo`linadi. Tarmoqda u yoki bu maqsadda foydanalanilayotganlari resurslari tarmoqda mavjud bo`lib ayrim ob`ektiv va sub`ektiv sabablarga ko`ra, vaqtincha foydalanilmayotganlari esa foydalanilmayotgan zahira resurslarni tashkil etadi. Foydalanilayotgan zahira resurslarga zahiradagi meliorativ erlar, ayrim suv havzalaridagi suvlar, o`rmonzorlar kiradi.
Tarmoq korxonalarida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslari barcha resurslarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko`ra, quyidagicha guruhlarga bo`linadi:
ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishlatiladigan, ya`ni qatnashadigan resurslar;
ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan resurslar.
Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan resurslar yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va xizmatlar bajariladi. Ularga ekin ekilgan erlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlarni sug`orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, er haydayotgan, ekinlarga ishlov berayotgan traktorlar, kombayn, mahsulotni ko`paytirish uchun sarflanayotgan kimyoviy vositalar, o`g`itlar, hayvonlarga berilayotgan em-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Shular yordamida ko`proq, yaxshiroq mahsulot etishtirish ta`minlanadi. Korxonalarning ombor, idora binolari, ayrim inshoatlari, texnikalari, aloqa vositalari, komp`yuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. Ularni mahsulot etishtirishga aloqasi cheklangan.
Moddiy-texnika resurslarining mahsulot etishtirishda, qishloq xo`jaligini rivojlantirishda ahamiyati ulkan. Shuning uchun ularni yaratish, barpo etish, takror ishlab chiqarish zarur. Shu bilan birga ular mehnatning xarakterini o`zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta`minlaydi. Masalan, xo`jalikning moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam (u zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, stanoklar bilan ta`minlangan bo`lsa), barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta`minlanadi. Mehnatning industrlashganligini ko`rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo`l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Bu mehnatning xarakteri o`zgartirilayotganligidan dalolat beradi,ayni paytda ishchi xizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishi talab etadi.
Qishloq xo`jaligining moddiy-texnika resurslari o`ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ayrim moddiy resurslar tabiat mahsuli hisoblanadi. Jumladan, er, suv, harorat, yog`ingarchilik (ular haqida er va suv resurslari masalalariga bag`ishlangan bobda batafsil to`xtalib o`tilgan). Ularning barpo etilishi hamda takror ishlab chiqarilishi ko`proq tabiatga bog`liq. Lekin qishloq xo`jaligida band bo`lgan fuqarolar o`zlarining bilimlarini, tajribalarini hamda tadbirkorligini ishga solgan, fan-texnika yutuqlaridan, ilg`or texnologiyalardan foydalangan holda bu tabiiy omillardan samarali, o`rinli foydalanishga harakat qiladilar, aksariyat hollarda yaxshi natijalarga erishadilar. Shuning uchun ham tarmoq ishlab chiqarishi tabiatga ham bog`liq.