Milliy tadqiqotlar universiteti

Moddiy texnikalarni mustahkam rivojlantirish

Yüklə 102,33 Kb.
səhifə8/13
tarix22.09.2023
ölçüsü102,33 Kb.
#146548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kirish (3)

2.2 Moddiy texnikalarni mustahkam rivojlantirish
Qishloq xo`jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish bilan birgalikda ulardan to`liq va samarali foydalanishga erishish lozim. Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta`kidlangan ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Lekin o`tish davrining hozirgi bosqichida ulardan foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina, traktor, kombaynlarning ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas. Jami traktorlarning ishga yaroqlilik darajasi 1996-2001 yillar mobaynida 68- 72 foizdan, paxta terish mashinalarining tayyorgarlik holati esa 25-36 foizdan, g`alla kombaynlariniki 30-33 foizdan oshgani yo`q. Bunday holat mashina, traktor hamda kombaynlarning ishga yaroqliligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan butlovchi vositalar etishmasligi, ularni sotib olish uchun esa moliyaviy resurslar kamligi tufayli sodir bo`lmoqda.
Qishloq xo`jaligida mavjud bo`lgan texnikalarning yuqoridagi holati ishlab chiqarish jarayonlari kompleks mexanizatsiyalashtirilishiga imkon bermayotir. Natijada paxta terish jarayoni 30 foiz atrofida, sigirlarni sog`ish 25 foiz atrofida mexanizatsiyalashtirilgan. Oqibatda tarmoqda ishlab chiqarilayotgan ko`pchilik mahsulotlarning tannarxi yuqori, mehnat unumdorligi past. Bunday holga chek qo`yish maqsadida respublika hukumati katta ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, tumanlarda ixtisoslashgan xo`jalik hisobidagi mashina-traktor parklari, ularni ta`mirlash korxonalari tashkil etilmoqda. Shu tarzda qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatish tizimi yaratilmoqda. Shuning uchun moddiy texnika resurslarini mustahkam rivojlantirish kerak. Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, ularga o‘z vaqtida servis xizmati ko‘rsatish hamda raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirishga bozor mexanizmini keng tatbiq etish maqsadida vazirlar mahkamasini qarori tasdiqlandi. Belgilansinki, yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jalik texnikasi deb ataladi) qishloq xo‘jaligi korxonalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son hamda “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qarorlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va sohaning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi. Bularni quyidagilar asosida ko`rsak boladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2019-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari(1.2-jadval)
DASTURI

Yüklə 102,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin