Qisqacha xulosalar Qishloq xo`jaligini rivojlantirishda, uning samaradorligini yuksaltirishda moddiy-texnika resurslarining, fan-texnika taraqqiyotining hamda ilg`or texnologiyalarning ahamiyati beqiyos. Ularsiz qishloq xo`jaligida ko`zlangan natijaga erishib bo`lmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida moddiy-texnika resurslarining yangi, unumli, chidamli, sifatli turlari yaratiladi. Ulardan oqilona foydalanish tufayli yangi, samarali texnologiyalar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga joriy etiladi. Ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini tegishli ko`rsatkichlar tizimi yordamda aniqlash lozim.
Tarmoqda moddiy-texnika resurslaridan foydalanishning hozirgi darajasi, samaradorligi talabga to`liq javob bermaydi. Chunki ular o`rtasidagi mutanosiblikka hozircha erishilgani yo`q. Xo`jaliklarning ular bilan ta`minlanganlik darajasi pastroq, texnika resurslarining ishga yaroqliligi ham talab darajasida emas, bunday vositalar erkin baholarining o`sish darajasi yuqori.
Ilg`or, samarali texnologiyalar qishloq xo`jaligining hamma sohalarida barcha omillarni e`tiborga olgan holda joriy etilishi lozim. Moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti mahsuli bo`lgan vositalar hamda ilg`or texnologiyalar bozorini rivojlantirish zarur.
Kelajakda tarmoqning moddiy-texnika resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun barcha chora-tadbirlarni vaqtida, sifatli amalga oshirish zarur.