Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

  • Milliy tarbiya konsepsiyasi
  • I-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari
    • Maktabda “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilishning asosiy talablari
    • Tarbiya fani konsepsiyasida belgilangan dolzarb masalalarni amalda qo‘llash zarurati
    • O‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda me’yoriy xujjatlarda aks etgan asosiy masalalar mazmuni
  • II-bob Tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan ana’naviy va zamonaviy talablarning me’yoriy xujjatlar va qo‘llanmalarda aks etishi.
  • 2.1. O‘quvchilar ahloqiy fazilatlarini shakllantirish masalasini me’yoriy xujjatlarda ifodalanishi
  • 2.2 Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ma’rifatparvar olimlarimizning bu boradagi ma’naviy meroslarini o‘rganish
  • 2.3. Milliy tarbiyaning ayrim metodlari va mezonlari
  • Kirish
  • “Tarbiya” arabcha “parvarish qilish”, “ta’lim berish”, “o‘rgatish”, “odob o‘rgatish”, “navozish, mehribonlik ko‘rsatish”, “ko‘z-quloq bo‘lish”, “himoya qilish”, “rahbarlik qilish”, “boshchilik qilish”, “yo‘naltirish” ma’nolarini anglatadi. “Tarbiyachi” so‘zi esa shu ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozirgi davrda o‘quvchi-yoshlarning tarbiyasiga zamonaviy talablar asosida e’tibor qaratish, ularni milliy ruxda tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning taklifiga asosan joriy etilgan “Tarbiya” fani Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta’limi vazirligining qator me’yoriy xujjatlari bilan mustahkamlandi. Bitiruv malaka ishida ana shu me’yoriy xujjatlarning mazmuni va unda belgilangan masalalar, milliy tarbiyani amalga oshirishning o‘ziga xos talablari hamda dars jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.
  • Bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ularga milliy ruhiyatni, milliy mentalitetimizga xos ezgu jihatlarni singdirish muhim vazifalardan xisoblanadi. Milliy tarbiya deganda yosh avlodni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim berish deganidir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tarbiya xususida fikr yuritib, jumladan, shunday ta’kidladilar: “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir.
  • Bu borada farzanddlarimiz uchun zarur shart-sharoit yaratish, yangi-yangi
  • ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”1. Demak, ta’lim va tarbiya bugunning eng muhim ishi bo‘libgina
  • 1 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 22.
  • qolmasdan, kelajak uchun qo‘yilgan sarmoya hamdir. Eng muhimi, bu masala yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
  • Ko‘rinib turganidek, tarbiyadan maqsad insonlarni muayyan maqsad sari
  • yo‘naltirishdir. Ijtimoiy hayotlagi har bir odam, axloq-odobning barcha unsurlari tarbiyalanadi, shu orqali rivojlantiriladi. Sharqona tarbiya insonning butun umri davomida o‘rganishini talab qiladi. Masalan, go‘dakni ota va onasi, o‘quvchini ustozlari, er va xotin bir-birini, boboyu momolar nabiralarini va aksincha nevaralari ularni tarbiya qiladi. Insonni “odamlar ko‘zi” ham tarbiyalashi mumkin. Tarbiya qanchalik uzoq davom etsa va qanchalik milliy, qadriyatlarga, azaliy urf-odatlarga mos bo‘lsa, shunchalik natijador, insoniy bo‘ladi. aksincha bo‘lsa, vayronkor tarbiya bo‘lib, tarbiyalanuvchini adashtiradi. Demak, yaxshilikning, ezgulikning ustozi bo‘lganidek, yomonlikning, vayronkorlikning ham tarbiyachisi bor.
  • Bitiruv malaka ishida “Tarbiya” fani o‘qituvchisi va boshqa mutasaddilar tomonidan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda, tarbiya darslarini zamon talablari asosida o‘tishda, bu yo‘nalishdagi ishlarni amaliy jihatdan shakllantirishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan o‘quv-me’yoriy hujjatlar mazmuni aks ettirilayotgan masalalarning normativ-xuquqiy jihatlari aks ettirilgan.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin