o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fani mazmun-mohiyatining o‘quvchilar tomonidan anglash va hayotga tatbiq qilish maqsadlariga xizmat qilishi;
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik
talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish iqtidori shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar, infografikalardan iborat mediamahsulotlar bilan bezatilgan bo‘lishi;
o‘quvchilar psixo-fiziologik rivojlanish darajasiga mos yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, ta’riflar va shu kabi lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar:
fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;
o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzulari adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda oddiy, sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qilinishi;
O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illustrasiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlarning aniq ifodalangan bo‘lishi;
o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga yo‘naltirishga oid matn va rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik, mantiqiy va innovatsion tafakkurni
o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish topshiriqlarini qamrab olgan bo‘lishi lozim.