Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə11/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng
  • jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.
  • Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o‘z yechimini
  • kutayotgan bir qator dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko‘lamda hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy- ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
  • Ayniqsa, noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, yurtimizda sog‘lom raqobatga asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini shakllantirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
    • Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday muhim vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi:
    • kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlash;
    • kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
    • kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini
    • shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;
    • jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;
    • axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot- resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning «Ma’naviyat xonalari»ni o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash;
    • nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
    • lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy- badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlar ishlab chiqish;
    • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash;
    • qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va amalga oshirish;
    • mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish
    • imkonini beradigan eReader elektron o‘quv qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ularning axborot bazasiga umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv- uslubiy, ilmiy-nazariy manbalarni joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
    • mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish;
    • kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va
    • targ‘ibotchilar o‘rtasida «Eng kitobxon maktab», «Eng kitobxon mahalla», «Eng kitobxon oila», «Eng faol kutubxonachi» kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va
    • respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
    • O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilash vazifalari yuklatildi.
    • Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
    • Toshkent shahri hokimliklari har bir shahar va tumanda kitob savdosiga ixtisoslashtirilgan do‘konlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
    • yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarining tekin foydalanish uchun berilishini ta’minlash;
    • savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan
    • yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlarining alohida statistik hisobi yuritiladi va ular 2020 yil 1 yanvarga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etish;
    • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga shu yo‘nalishda muntazam ravishda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilish tavsiya etiladigan bo‘ldi.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin