Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


I-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

I-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari
  • 1.1. Maktabda “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy
  • qilishning asosiy talablari.
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorda o‘z ifodasini topdi. Qarorga asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi:
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi»,
    • «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi»
    • fanlarini birlashtirgan holda yagona «Tarbiya» fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tarkibini shakllantirish;
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibini shakllantirish;
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fani
    • konsepsiyasi shakllantirildi.
    • Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:
    • «Tarbiya» fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
    • 2020 yil 10 iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim
    • muassasalarining 1 — 9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv yiliga 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;
    • 2020 yil 15 iyulga qadar 1 — 9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik
    • majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
    • «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi
    • o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash;
    • 2020 yil iyulь oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar
    • «Tarbiya» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq»,
    • «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq
    • ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
    • Malaka oshirish kurslari davomida «Tarbiya» fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish;
    • «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritilishi belgilandi.
    • Shuningdek, «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari quyidagicha amalga oshirilishi belgilandi:
    • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
    • maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, mulьtimedia
    • ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida
    • darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
    • o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘ldi.
    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:
    • 2020 — 2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi»,
    • «Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya»,
    • «Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)»,
    • «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga
    • umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
    • iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kirish topshirildi.
    • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilandi.
    • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, o‘quv yili davomida esa 34 soat o‘qitiladi. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy yondashuvlar o‘rin olgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
      Yüklə 0,67 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin