Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


“Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi”



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

“Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” nomli qo‘llanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini yaratish maqsadida internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu platformada o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanining maqsad- vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni o‘qitishga
  • doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda. Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.“Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi.
  • Mazkur darsliklarda yoshlarni fikrlashga o‘rgatadigan, ularni milliy
  • qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qay darajada e’tibor qaratilgan?
  • “Tarbiya” fanining o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik,
  • tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ allomalarning xayot va yo‘llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida o‘qitish”, “Qiziqishlar asosida ta’lim berish”, “Art-fest”, “Namuna ko‘rsatish”, “Misollar orqali o‘qitish”, “Vaziyatlarni tahlil qilish” kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilgan.
  • Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, badantarbiya mashg‘ulotlari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya
  • qilinishini kundalik turmush tarziga singdirish, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu darslikda qamrab
  • olinmoqda.
  • Xalq ta’limi tizimidagi 10 008 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 6 mln.
  • 236 ming nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugungi kun o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarini nazarda tutib, vazirlikda Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish sho‘basi tashkil etilgan. Sho‘ba tomonidan umumiy o‘rta ta’lim
  • maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqalanishini tashkil etishni takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va
  • yanada gigiena
  • normativlari talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, maktab oshxonasini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va taomlar sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
  • Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarining 7 672 tasida sport zal, 26 584 ta (basketbol, voleybol, futbol, gandbol, mini-futbol) sport maydonchalari va tennis kortlari mavjud. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida respublikadagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan tasviriy san’at, musiqa, sport, axborot texnologiyalari, qizlarga kasb o‘rgatish yo‘nalishidagi to‘garaklari va kitobxonlik klublari tashkil etilib, ularga jami 3,9 mln. nafar o‘quvchilar jalb etilgan.

  • Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin