keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri inobatga
olingan holda, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga hamda amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olish va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum bir faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olinishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan estetik talablar:
belgilangan talablar darajasida yorqin, rangli, chiroyli bezatilgan, zamonaviy dizayniga mos bo‘lishi;
matnlar va illustrasiyalarning uyg‘unligi va o‘quvchilar yoshiga mosligi; bo‘lim, bob, mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi,
ularning mutanosibligi ta’minlanishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan gigienik talablar:
matn va illustrasiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti talablariga mos bo‘lishi lozim.
Konsepsiyada nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
1.3 O‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda me’yoriy xujjatlarda aks etgan asosiy masalalar mazmuni.
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy- axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan:
birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun
daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti;
ikkinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas;
uchinchidan, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
to‘rtinchidan, o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda;
beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi
pastligi, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda;
oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan xisoblanadi:
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;
yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart- sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart- sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llab-
quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa
pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullash belgilandi.
Shuningdek, oltin medalь umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga berilishi;
- kumush medalь umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga berilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi, namunali xulq-atvori
va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medalь bilan taqdirlash tartibini tasdiqlash topshirig‘i berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning joriy etilishi borasida mavjud ahvolni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini, jumladan, joyiga chiqqan holda o‘rganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jahondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradigan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining filial (fakulьtet)larini O‘zbekiston Respublikasida litsenziya olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini o‘rganib chiqishi hamda aniq takliflar kiritishi topshirig‘i berildi.
Yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi
bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.